Toshkentda qidiruvda bo‘lgan «LAND ROVER» topildi va auksionda sotildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2020 yil 29 iyundagi ijro varaqasiga asosan undiruvchi ATB «O‘zsanoatqurilishbank» foydasiga qarzdorlar korxona hamda qo‘shimcha javobgar M.N.dan 852 560 280 so‘m undirish va undiruvni qo‘shimcha javobgar M.N.ga tegishli bo‘lgan «LAND ROVER» rusumli avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgandi.

«Qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi o‘z vaqtida bajarilmagani sababli davlat ijrochisi tomonidan 2020 yil 10 avgustda garovda bo‘lgan «LAND ROVER» rusumli avtotransport vositasiga qidiruv e'lon qilingan.
20 avgustda M.N.ga tegishli bo‘lgan «LAND ROVER» rusumli avtotransport vositasi davlat ijrochisi tomonidan qidiruv natijasida topilgan va xatlanib band solingan.
Shundan so‘ng, 26 avgustda garov mulki bo‘lgan avtotransport vositasini auksion savdosiga chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, garov mulki bo‘lgan avtotransport vositasi auksion savdolarida 241 500 000 so‘mga sotilgan.
Bo‘lim depozitiga tushirilgan pul mablag‘i undiruvchi ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning hisob raqamiga o‘tkazib berilgan. Hozirda qolgan kredit qarzi bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda», deyiladi MIB matbuot xizmati Kun.uz saytiga taqdim etgan ma'lumotda.
Mavzuga oid

16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi

19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi

16:29 / 04.02.2025
Yerni ijaraga olganlar ekin turlarini mustaqil ravishda tanlaydi – yangi tizim

14:17 / 25.01.2025