Eng ko‘p qoida buzarliklar sodir etiladigan 10 ta avtomobil nomi e'lon qilindi

Jahon 13:55 / 26.10.2020 19888

Reytingni tuzishda yo‘l harakati qoidalarini buzish yuzasidan sug‘urta kompaniyalariga kelgan 2,5 million dona ariza ma'lumotlaridan foydalanilgan. Ushbu ma'lumotlar AQShda sodir bo‘lgan avariyalar, qoida buzish holatlari va jarima cheklarini o‘z ichiga oladi.

So‘nggi 10-o‘rinni Audi A4 avtomobili egallagan: ushbu avtomobil haydovchilari piyodalarni 4 marotaba kamroq o‘tkazib yuborishgan. 9-o‘rinda – boshqa avtomobillarga yo‘l bermasligi oqibatida ko‘p YTHlarga sabab bo‘lgan HondaElement joy oldi. 8-o‘rinda – boshqa yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari ustuvorligiga e'tibor qilmaydigan va ko‘pincha tezlikni oshiradigan Hyundai Velostar joy olgan.

7 va 6 o‘rinlardan Acura’ning ILX va TLX modellari joy olgan. Ular 81 foiz holatda boshqalarga yo‘l bermagan, 72 foiz holatda esa to‘xtash belgisiga amal qilmagan.

Kuchli beshtalikni o‘rtacha holatlardan ikki barobar ko‘p xavfsizlik kamari taqilmaydigan Toyota Celica avtomobili ochib bermoqda. 4-o‘rinda-  odatdagidan ko‘ra ikki barobar ko‘proq quvib o‘tish qoidasi buzilgan Subaru WRX avtomobili joy oldi.

3-o‘rinni esa boshqalardan ko‘ra 1,5 marotaba ko‘proq qizil chiroqda o‘tib ketgan Audi A5 egallagan. Ikkinchi o‘rinda barcha qoidabuzarliklarni ikki barobar ko‘proq qayd etgan BMW 7-Series joy olgan bo‘lsa, piyodalarga yo‘l berishni xushlamaydigan va svetoforning qizil chirog‘ini «mensimaydigan» BMW 4-Series haydovchilari joy olgan.

Ko‘proq yangiliklar: