Yaponiyaning eng yirik aviakompaniyasi 3,5 ming xodimini qisqartiradi

Jahon 11:54 / 25.10.2020 2121

Ma'lumotlarga ko‘ra, yapon aviakompaniyasida 20 mingga yaqin xodim ishlaydi. 

Avvalroq aviakompaniya yonilg‘i va xizmat ko‘rsatish uchun katta xarajatlar talab qiluvchi samolyotlarining yarmidan xalos bo‘lmoqchiligi ma'lum qilingan.

Oktabr boshida aviakompaniya pandemiya sababli ko‘rilgan zararni qoplash uchun o‘z xodimlari maoshlarini 30 foizga qisqartirishi va bonuslarni bekor qilishini e'lon qilgan. 

Ta'kidlanishicha, pandemiya sababli yapon aviakompaniyalari xalqaro reyslari 99 foizga qisqarib ketgan. 

Ko‘proq yangiliklar: