Maktabgacha ta'lim xizmatlari uchun elektron to‘lov tizimlari joriy qilinadi

O‘zbekiston 13:32 / 24.10.2020 2340

Maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari Maqsudjon Yo‘ldoshev maktabgacha ta'lim xizmatlari uchun elektron to‘lov tizimlari joriy qilinishi haqida gapirdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 1 yanvarga qadar maktabgacha ta'lim tizimida zamonaviy o‘qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari joriy qilinadi.

Xalqaro standartlar va talablar asosida maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning rivojlanishini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi.

Bolalarning o‘sishi va rivojlanishi hamda maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish jarayonlarini monitoring qilish bo‘yicha axborot tizimi ishga tushiriladi, unga kiritiladigan ma'lumotlarning shaffofligi ta'minlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: