Boku Tog‘li Qorabog‘da Armaniston jangovar samolyoti urib tushirilganligini ma'lum qildi
23 oktabr kuni Vashingtonda AQSh davlat departamenti rahbari Maykl Pompeo Armaniston va Ozarboyjon tashqi ishlar vazirlari bilan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat bo‘yicha alohida muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: donpress.com
Ozarboyjon mudofaa vazirligi Tog‘li Qorabog‘da Armaniston harbiy-havo kuchlarining jangovar samolyoti yo‘q qilinganligi to‘g‘risida xabar qildi.
"24 oktabr kuni frontning Gubadlin yo‘nalishida Ozarboyjon havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari tomonidan Armaniston harbiy-havo kuchlarining jangovar samolyoti urib tushirildi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘ mojarosida tomonlar bir-birini ayblashni davom ettirmoqda. Ozarboyjon mudofaa vazirligi Armaniston hududidan raketalar uchirilishi haqida xabar bergan. Yerevan esa bu ma'lumotlarni rad etgan.
23 oktabr kuni Vashingtonda AQSh davlat departamenti rahbari Maykl Pompeo Armaniston va Ozarboyjon tashqi ishlar vazirlari Zohrab Mnatsakanyan va Jayxun Bayramov bilan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat bo‘yicha alohida muzokaralar o‘tkazdi.
Mavzuga oid

16:22 / 27.02.2025
Xo‘jali genotsidi - insoniyat tarixidagi qonli sahifa

14:07 / 25.02.2025
Ozarboyjon «Rossiya segodnya» va BBC vakolatxonalarini yopdi

15:30 / 20.02.2025
O‘zbekiston va Ozarboyjon ID-kartalarni o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda

17:22 / 16.02.2025