Qirg‘iziston Yevroittifoqdan moliyaviy ko‘mak so‘radi

Jahon 16:30 / 20.10.2020 11748

Qirg‘izistonning yangi hukumati budjet xarajatlarini qoplash uchun Yevropa ittifoqidan moliyaviy ko‘mak so‘radi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, dushanba kuni Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Peter Burian bilan telefon orqali muloqot qildi.

«Qirg‘iziston Respublikasi budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun yordam berish imkoniyatini ko‘rib chiqish iltimos qilindi», - deyiladi vazirlik xabarida.

Muloqot davomida shuningdek, moliyaviy kelishuvlar loyihalari bo‘yicha Qirg‘iziston va Yevropa tomoni o‘rtasida uchrashuv tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Qirg‘izistonning tashqi qarzi 4,8 mlrd dollarni tashkil qilib, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 56 foizidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. 

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Qirg‘izistonga moliyaviy yordam ko‘rsatishni to‘xtatib turishini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: