Nig‘matilla Yo‘ldoshev ShHTga a'zo davlatlar bosh prokurorlari yig‘ilishiga raislik qildi

O‘zbekiston 20:35 / 20.10.2020 4524

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xabariga ko‘ra, majlisda a'zo davlatlar bosh prokurorlaridan tashqari, kuzatuvchi davlatlar va muloqot bo‘yicha sheriklarning Bosh prokuraturalari vakillari ham qatnashgan.

Qayd etilishicha, tadbirda bir nechta masalalar qatorida korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari ham muhokama qilinib, o‘zaro tajriba almashilgan.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan hamda ShHTga a'zo davlatlar Bosh prokurorlarining 19-majlisini 2021 yilda Hindistonda o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: