9 oy uchun to‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobi defitsiti 663 mln dollarni tashkil qildi - Markaziy bank

Iqtisodiyot 10:24 / 20.10.2020 3368

Qayd etilishicha, 2020 yilning 9 oyi uchun to‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobi defitsiti 2019 yilning 9 oyiga nisbatan 63 foizga kamayib, 663 mln dollarni tashkil qildi.

«Ushbu holat import hajmining eksport hajmiga nisbatan yuqori sur'atlarda qisqarishi, xalqaro pul o‘tkazmalarining deyarli o‘tgan yil darajasida saqlanib qolishi va oltin narxining jahon bozorida o‘sishi kabi omillar bilan izohlanadi», - deyiladi sharhda.

Jahon bozorlarida energiya resurslari narxining tushishi, shuningdek koronavirus pandemiyasi ortidan jahon iqtisodiyoti o‘sish sur'atlarining sekinlashishi tovarlar va xizmatlar eksporti hajmiga o‘z ta'sirini ko‘rsatib, 2019 yilning 9 oyiga (12,9 mlrd dollar) nisbatan 1,1 mlrd dollarga qisqarib, 11,8 mlrd dollarga teng bo‘ldi.

Tovarlar va xizmatlar importi o‘tgan yilning mos davriga (19,5 mlrd dollar) nisbatan 3,4 mlrd dollarga qisqarib, 16,1 mlrd dollarni tashkil etdi.

Savdo balansining manfiy saldosi 2019 yil 9 oyiga nisbatan 35 foizga yaxshilanib, 4,3 mlrd dollarga teng bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: