O‘zbekiston bozorlaridagi narxlar jadvali: tuxum, yog‘ va shakar hamon qimmatligicha qolmoqda

Iqtisodiyot 10:46 / 19.10.2020 15934

Odatga ko‘ra, 12 turdagi oziq-ovqat va shuncha meva-sabzavot mahsulotlarining o‘rtacha narxlari to‘plab, tartiblandi. Endi har hafta 1 dona qolipli non (buxanka)ning ham bozorlardagi eng arzon narxi berib boriladi.

O‘tgan haftadagi narxlarni solishtirish asnosida bozorlarda tuxum, o‘simlik va paxta yog‘lari, shuningdek, shakar narxi hamon qimmatligicha qolayotgani oydinlashmoqda.

Mol go‘shti eng qimmat narx — 73 ming so‘m Toshkent shahrining «Eski jo‘va» bozorida belgilangan. Lekin shu bozorda mol go‘shtining kilogrammini 58 mingga ham xarid qilish mumkin. Joylarda qo‘y go‘shti qimmatlab, uning 1 kilosi 70 mingdan 75 ming so‘mgacha sotilayotgani qayd etildi. Tovuq go‘shti hamon Urganchda eng arzon — kilosi 14,5 ming so‘m.

Meva-sabzavotlar narxlari bozorlarda bir-biridan ko‘p ham farq qilmaydi. Pomidor va bodring ayrim hududlar markazlarida keskin qimmatlagan.

Qayd etib o‘tish lozim, barcha bozorlarda mahalliy hokimiyat rahbarlari narxlarni tartibga solishga urinishmoqda. Farg‘ona shahridagi markaziy dehqon bozoridagi narxlar o‘tgan haftaga nisbatan biroz pastlaganini shu bilan izohlash ham mumkin.

 

Ko‘proq yangiliklar: