Pragada koronavirusga chalinganlar uchun birinchi mehmonxona ochildi

Jahon 22:19 / 18.10.2020 2820

4 yulduzli mehmonxona Praga markazida joylashgan va Czech Inn Hotels kompaniyasiga tegishli. Mehmonxona sayohat vaqtida virusga chalingan sayyohlar va uyda qolib o‘z yaqinlariga infeksiyani yuqtirishdan qo‘rqayotgan pragaliklar uchun mo‘ljallangan.

Mehmonxonaga joylashish uchun koronavirusga musbat tahlil topshirganlik haqida ma'lumotnomani taqdim etish zarur.
 
“Hozirda mehmonxonalar bo‘sh, ko‘plab odamlar esa virusga chalingan vaziyatda qayerga borishni bilmaydi. Shu sababli biror foydali ish qilishga qaror qildik”, deb tushuntirgan kompaniya vakili.
 
“Koronavirus” mehmonxonada mijozlarga xizmat ko‘rsatish to‘liq kontaksiz bo‘lib, ma'mur bilan muloqot maxsus monitor yordamida amalga oshiriladi. Xonalar kaliti eshiklarda qoldiriladi.

Ushbu mehmonxonada masofadan taomlar va dorilar buyurtirish mumkin. Mehmonxona qoidalariga ko‘ra, mijozlar shifokor yoniga chiqish yoki yetkazmani olishdan tashqari, o‘z xonasini tark etishi taqiqlangan.
 
Xonalarni tozalovchi va oshxonadagi xodimlar himoya kiyimlarida ishlaydi.

Mijozlar mehmonxonani tark etgach xonalar bir kunga bo‘sh qoldiriladi, so‘ngra yaxshilab dezinfeksiya qilinadi. Umumiy joylarda har kun dezinfeksiya o‘tkaziladi.
 
Chexiya mehmonxonalar va restoranlar uyushmasi ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Pragadagi yarim, qolgan joylardagi 30 foiz mehmonxonalar pandemiya sababli yopilish xavfi ostida qolgan. Mart oyidan beri ulardan 10 foizi ishlashni to‘xtatgan.

Ko‘proq yangiliklar: