Ukrainada «5ta muhim masala» yuzasidan jamoatchilik fikri so‘rovnomasi o‘tkaziladi. Muhim masalalardan biri – kannabisni qonuniylashtirish

Jahon 13:14 / 17.10.2020 4232

Ma'lum qilinishicha, ukrainlarga javob berish taklif qilingan so‘rovnomada parlament tarkibi, tibbiy kannabis o‘simligi iste'molini qonuniylashtirish va Budapesht kelishuvi shartlarini bajarish haqida savollar bo‘ladi.

Budapesht memorandumi – 1994 yilda Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Ukraina, Rossiya, AQSh va Buyuk Britaniya tomonidan imzolangan hujjat. Kelishuvga ko‘ra, Ukraina o‘z xohishi bilan yadro qurolidan voz kechishi hamda boshqa davlatlar uning hududiy yaxlitligi va suverenitetini hurmat qilish shartini bo‘yniga olgan edi.

Avvalroq, Zelenskiy e'lon qilgan so‘rovnomaning ikkita savoli korrupsiya holatlari uchun umrbod qamoq jazosini joriy qilish va Donbassda erkin iqtisodiy hudud tashkil qilish haqida bo‘lgan.

Ukraina prezidenti «5ta muhim masala» yuzasidan jamoatchilik fikri umumukrain so‘rovnomasi o‘tkazilishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiyaning ko‘rinishi deb atadi. 

«Axir biz mustaqillik tariximizda ilk marotaba «Sen nima deb o‘ylaysan? Nima uchun sening javobing muhim? Nega aynan sen aytganingdek bo‘ladi, chunki Ukraina bu – sensan!» – degan savollarni qo‘ydik», deydi Zelenskiy.

O‘z ichiga so‘rovnomalarni ham qamrab olgan mahalliy saylovlar 25 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Lekin, so‘rovnoma natijalari hech qanday huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: