Yozuvchi Mamadali Mahmudov vafot etdi

O‘zbekiston 15:16 / 16.10.2020 19558

Evril Turon taxallusi bilan ijod qilgan Mamadali Mahmudov 1940 yilda Jizzax viloyatining Forish tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limini bitirgan.

U «Bu tog‘lar ulug‘ tog‘lar», «Bo‘z bo‘ri», «O‘lmas qoyalar», «Tumanli kunlar» va «Oy nuri» kabi asarlar muallifi hisoblanadi.

Yozuvchi jami 17 yilni qamoqda o‘tkazib, 2017 yil bahorida ozodlikka chiqarilgan edi. 2018 yil noyabrida esa Yozuvchilar uyushmasi a'zoligiga qayta tiklangandi.

Ko‘proq yangiliklar: