O‘zMUda karantin talablariga rioya qilgan holda tanishuv darslari boshlandi

Jamiyat 11:54 / 16.10.2020 5441

«Hayotidagi muhim burilish va yangi bosqich bo‘lgan, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlar O‘zbekiston Milliy universitetiga kelishdi. Ularni dunyo tan olgan akademiklar, professor–o‘qituvchilar tantanali ravishda kutib olishdi. Universitet rektori, professor Avazjon Marahimov talabalarga oq yo‘l tiladi.

Tanishuv darslarida asosan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirok etishdi. Shuningdek, o‘z ixtiyoriga ko‘ra universitetdagi talabalar uchun yaratilgan shart-sharoit, ta'lim jarayonlari bilan tanishish maqsadida bir guruh ota-onalar ham kelishdi.

Dastlab, birinchi kursga qabul qilingan talabalarni fakultetlarda tantanali ravishda kutib olish marosimi tashkil etildi. So‘ngra tanishuv rejasiga ko‘ra talaba yoshlarga universitet va fakultetlar faoliyatiga doir videoroliklar namoyish etildi. Unda O‘zMU tarkibiy tuzilmasi, ta'lim yo‘nalishlari, fakultetlar va kafedralar tarkibi, o‘quv-ilmiy, ma'naviy –ma'rifiy ishlar bilan tanishtirildi.

Tanishuv darslari bilan bir paytning o‘zida parallel ravishda universitetga tashrif buyurgan ota-onalarga dars jarayonlari uchun universitetda yaratilgan sharoitlar yaqindan tanishtirildi», deyiladi O‘zMU axborot xizmati xabarida.

O‘zMUdagi professor-o‘qituvchilar respublikadagi barcha viloyatlarda tanishuv va haftalik mashg‘ulotlar olib borishmoqda. Mashg‘ulotlar davomida prezident Shavkat Mirziyoyevning ta'lim to‘g‘risidagi qarorlari ijrosi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov va O‘zMU rektori Avazjon Marahimovning 1-kurslarga tabrigini yetkazishdi. Respublikada, O‘zbekiston Milliy universitetida olib borilayotgan islohotlar, kredit-modul tizimi, onlayn o‘qitish tartibi haqida ma'lumotlar berildi.

O‘zMUdagi tanishuv darslari 14-17 oktabr kunlari respublikaning barcha hududlarida sayyor guruhlar tomonidan jadval asosida olib borilyapti.

Ko‘proq yangiliklar: