JSST: Remdesivir va gidroksixloroxin COVID-19'dan o‘lim holatlarini kamaytirishga deyarli yordam bermaydi
Koronavirusga qarshi qo‘llanuvchi bir qator dori vositalari koronavirusdan o‘lim darajasining pasayishiga ta'sir qilmaydi va o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmalariga ulangan bemorlar sonini kamaytirmaydi.

Foto: AFP
Koronavirusga qarshi qo‘llanuvchi bir qator dori vositalari koronavirusdan o‘lim darajasining pasayishiga ta'sir qilmaydi va o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmalariga ulangan bemorlar sonini kamaytirmaydi. Bu dorilar orasida remdesivir va gidroksixloroxin ham bor. Bu haqda JSST ma'lum qildi.
“Remdesivir, gidroksixloroxin, lopinavir va interferon qo‘llangan davolash sxemalari shifoxonadagi kasallarning o‘lim darajasiga deyarli ta'sir qilmaydi”, - deyilgan JSST xabarida.
Bunday natijalar JSSTning “Birdamlik” (Solidarity) deb nomlangan tadqiqoti davomida olingan va hozircha ular bo‘yicha rasmiy hisobot hali e'lon qilinmagan. 6 oydan ortiq davom etgan tadqiqotda dunyoning 30dan ortiq davlati qatnashgan, tasodifiy tanlanishga va platsebo effekti nazorat qilingan klinik sinovlarga 11 mingdan ortiq bemor jalb etilgan.
Financial Times'ning qayd etishicha, JSSTning bu xulosasi koronavirusga qarshi qo‘llanuvchi o‘z samarasini isbotlagan yagona vosita deksametazon bo‘lishi mumkinligidan darak bermoqda.
Mavzuga oid

00:47 / 07.03.2025
JSST: 1 mlrd inson eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin

16:42 / 21.02.2025
AQSh BMT tarkibidan chiqish va uni moliyalashtirishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqadi

23:03 / 11.02.2025
JSST bolalar uchun saratonga qarshi bepul dorilar tarqatish dasturini ishga tushirdi

22:22 / 05.02.2025