Millatlar ligasi. Angliyada mag‘lubiyat, Italiyada durang, Lukaku va Levandovskida dubl, Portugaliya Ronaldusiz yirik hisobda zafar quchdi

Sport 03:32 / 15.10.2020 8038

14 oktabr, chorshanba oqshomida Yevropada UYeFA Millatlar ligasi 4-tur doirasidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvlar o‘tkazildi.

A liga 1-guruhi doirasida Italiya milliy jamoasi Niderlandiya bilan murosa yo‘lini tanlagan bo‘lsa, Polsha Levandovskining dubli evaziga Bosniya ustidan yirik hisobda zafar quchdi. Bu esa Polshaga guruh peshqadamligini taqdim etdi.

Millatlar ligasi. A liga. 1-guruh.

Italiya – Niderlandiya - 1:1
Gollar: 1:0 – 16 Pellegrini, 1:1 – 25 van de Bek.
Italiya – Donnarumma, Spinatssola, D`Ambrozio, Kellini, Bonuchchi, Barella, Jorjino, Pellegrini (Florensi, 72), Verratti (Lokatelli, 56), Keza (Kin, 55), Immobile.
Niderlandiya – Sillessen, Xatebur, van Deyk, Ake, Blind (Veltman, 77), de Yong, van de Bek, Veynaldum, de Vrey, de Yong, Depay.

Polsha – Bosniya va Gersegovina 3:0
Gollar: 1:0 – 40 Levandovski, 2:0 – 45 Linetti, 3:0 – 52 Levandovski.
Polsha – Shchensni, Glik, Bednarek, Kendzera (Bereshinski, 72), Retsa, Yuzvyak (Karbovnik, 72), Grositski (Kondzer, 64), Linetti, Guralski, Klix (Piontek, 64), Levandovski (Milik, 58).
Bosniya va Gersegovina – Shexich, Kolashinats, Tsipetich, Sanichanin, Axmedxojich, Pyanich (Xajikadunich, 32), Xajiaxmetovich (Xayradinovich, 74), Vishcha (Goyak, 58), Tsimirot, Krunich (Miloshevich, 73), Jyeko (Prevlyak, 58).
Chetlatish: Axmedxojich (14).

Guruhdagi vaziyat:

A liga 2-guruhi 4-turi doirasida Angliya milliy jamoasi o‘z maydonida Daniyaga kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi. Eriksenning penaltidan kiritgan goli daniyaliklarga g‘alaba keltirdi. Mezbonlar safida Maguayr maydondan chetlatildi.

Belgiya esa Lukakuning dubli evaziga Islandiyadan g‘alaba bilan qaytdi va o‘z guruhida 9 ochko bilan peshqadamga aylanib oldi. 

A liga. 2-guruh. 4-tur. 14 oktabr

Angliya – Daniya 0:1
Gol: 0:1 – 35, penalti Eriksen.
Angliya – Pikford, Jyeyms, Uoker, Koudi, Meytlend-Naylz (Mingz, 36), Rays (Henderson, 76), Fillips, Maunt (Sancho, 73), Maguayr, Keyn, Reshford (Kelvert-Lyuin, 72).
Daniya – Shmeyxel, Vass, Ker, Kristensen (Yorgensen, 46), Xeyberg (Yyensen, 88), Dileyni, Eriksen, Skov (Mele, 46), Dolberg (Sisto, 37), Poulsen, Breytueyt (Vestergor, 74).
Chetlatish: Maguayr (31).

Islandiya – Belgiya 1:2
Gollar: 0:1 – 9 Lukaku, 1:1 – 17 Sayvarsson, 1:2 – 38, penalti Lukaku.
Islandiya – Runarsson, Ingason, Eyyelfsson, Sayvarsson, Skulason, Byarnason, Siguryonsson (Torsteynsson, 69), Gudmundsson (Sigtorsson, 81), Paulsson (Hermannsson, 82), Magnusson (Traustason, 86), Bedvarsson (Kyartansson, 69).
Belgiya – Minole, Alderveyreld, Denayyer, Boyata, Mene, Karrasko, Tilemans, Doku (Kastan, 68), Vitsel, Trossard (Vanaken, 61), Lukaku.

Guruhdagi vaziyat: 

A liga 3-guruhida esa Fransiya milliy jamoasi safarda Xorvatiya ustidan qiyin g‘alabaga erishdi. Grizmann hisobni ochgan bo‘lsa, Vlashich muvozanatni tikladi. O‘yin yakunida Mbappe o‘z goli bilan fransuzlarga muhim g‘alabani keltirdi.

Portugaliya esa Ronaldusiz ham Shvetsiya ustidan yirik hisobda zafar quchib, Fransiya bilan 10 ochkodan jamg‘argan holda guruhda qo‘shhokimlik qilmoqda.

A liga. 3-guruh. 4-tur. 14 oktabr

Xorvatiya – Fransiya 1:2
Gollar: 0:1 – 8 Grizmann, 1:1 – 64 Vlashich, 1:2 – 79 Mbappe.
Xorvatiya – Livakovich, Vida, Uremovich, Barishich, Lovren, Modrich, Pashalich (Brekalo, 46), Perishich (Bradarich, 78), Badel (Kovachich, 46), Vlashich (Kramarich, 80), Petkovich (Budimir, 61).
Fransiya – Loris, Varan, Langle, Mendi, Din (Lyuka Ernandes, 83), Nzonzi, Rabo (Pogba, 74), Tolisso (Kamavinga, 63), Marsyal (Koman, 63), Mbappe, Grizmann (Jiru, 83).

Portugaliya – Shvetsiya 3:0
Gollar: 1:0 – 21 Bernardu Silva, 2:0 – 44 Diogu Jota, 3:0 – 72 Diogu Jota.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Joau Kanselu, Ruben Diash, Pepe, Bernardu Silva (Andre Silva, 75), Danilu Pereyra, Diogu Jota (Rafa Silva, 88), Vilyam Karvalyu (Moutinyu, 80), Joau Feliks (Podense, 75), Brunu Fernandesh (Sanshesh, 88), Gerreyru.
Shvetsiya – Olsen, Bengsson, Lindelef, Lyustig (Yoxansson, 54), Yansson, Klasson, Ekdal, Olsson, Kulusevski (Larsson, 88), Kvayson (Isak, 62), Berg (Olsson, 88). 

Guruhdagi vaziyat:

UYeFA Millatlar ligasi. Tur doirasidagi bugungi natijalar:
4-tur. 14 oktabr (chorshanba)

Rossiya – Vengriya 0:0
Rossiya – Shunin, Smolnikov, Semenov, Kudryashov, Jirkov (Karavayev, 67), Ozdoyev (Sobolev, 81), Zobnin, Kuzyayev (Mostovoy, 55), Miranchuk (Bakayev, 56), Ionov (Gazinskiy, 68), Dzyuba.
Vengriya – Dibus, Nego, Orban, Salai, Botka, Kalmar (Shafer, 77), Gazdag (Nad, 46), Shiger, Xolender (Fiola, 46), Salai (Kenvesh, 83), Nikolich (Varga, 61).

Turkiya – Serbiya 2:2 
Gollar: 0:1 – 21 Milinkovich-Savich, 0:2 – 49, penalti Mitrovich, 1:2 – 56 Chalxano‘g‘li, 2:2 – 76 Tufan.
Turkiya – Gyunok, Chelik, Kaldirim (Merash, 27), Demiral, Tekdemir (Yazidji, 76), Chalxano‘g‘li, Under (Omyur, 86), Tufan, Yokushlu, Karaman, Yilmaz.
Serbiya – Dmitrovich, Mitrovich (Gudel, 75), Kolarov, Milenkovich, Ristich (Mladenovich, 46), Lazovich, Maksimovich, Milinkovich-Savich, Lukich, Jurichich (Vlaxovich, 75), Mitrovich.
Chetlatish: Yilmaz (90).

Litva – Albaniya 0:0 

Finlyandiya – Irlandiya 1:0
Gol: 1:0 – 66 Yyensen.

Ruminiya – Avstriya 0:1
Gol: 0:1 – 75 Shopf.

Shotlandiya – Chexiya 1:0
Gol: 1:0 – 6 Freyzer.

Slovakiya – Isroil 2:3
Gollar: 1:0 – 16 Gamshik, 2:0 – 38 Mak, 2:1 – 68 Zaxavi, 2:2 – 76 Zaxavi, 2:3 – 89 Zaxavi.

Bolgariya – Uels 0:1
Gol: 0:1 – 85 Uilyams.

Estoniya – Armaniston 1:1
Gollar: 0:1 – 8 Oganesyan, 1:1 – 13 Sappinen.

Shimoliy Makedoniya – Gruziya 1:1
Gollar: 0:1 – 74 Kvaratsxeliya, 1:1 – 90, penalti Alioski.

Gretsiya – Kosovo 0:0

Moldova – Sloveniya 0:4
Gollar: 0:1 – 8 Lovrich, 0:2 – 37, penalti Vuchkich, 0:3 – 42 Vuchkich, 0:4 – 55, penalti Vuchkich.
Belarus – Qozog‘iston 2:0 
Gollar: 1:0 – 36 Yablonskiy, 2:0 – 90 Yuzepchuk.

Norvegiya – Shimoliy Irlandiya 1:0 
Gol: 1:0 – 67, avtogol Dallas.

Ko‘proq yangiliklar: