AQSh-2020: saylovlarda 17 milliondan ortiq kishi ovoz berib bo‘lgan

Jahon 22:35 / 15.10.2020 6014

Florida, Kaliforniya va Texas shtatlari eng erta ovoz bergan mintaqalar sifatida ajralib turibdi. Mamlakat bo‘ylab saylovchilar pochta orqali ovoz berish uchun 80 millionga yaqin ovoz talab qilishgan.

Florida universiteti saylovlar bo‘yicha mutaxassisi va sayt menejyeri, professor Maykl Makdonald ilgari koronavirusning yangi turi tarqalishi sababli ko‘plab shtatlarda pochta orqali muddatidan oldin ovoz berishga yoki uni topshirishga ruxsat berish bu sonning ko‘payishida asosiy omil bo‘lishini ta'kidlagandi.

Muddatidan oldin ovoz berish stavkalariga asoslanib, MakDonald ushbu saylovlarda 150 million ovoz berilishi mumkinligini taxmin qildi, bu mamlakat saylovchilarining 65 foiziga to‘g‘ri keladi va bu ko‘rsatkich 1908 yildan beri eng yuqori ishtirok darajasi bo‘ladi.

2016 yilda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida faqat 75 ming muddatidan oldin berilgan ovozlar pochta orqali ishlatilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: