Rossiyada bor-yo‘g‘i 22 gramm keluvchi mitti mobil telefon taqdim etildi

Fan-texnika 22:26 / 13.10.2020 6991

Telefon 2G/GSM standartidagi mobil tarmoqlarda ishlash uchun mo‘ljallangan.

INOI 102 Rossiya bozorida taqdim etilgan eng kichik telefon bo‘lib, uning o‘lchamlari 67,8 × 28,1 × 12,4 mmni, og‘irligi esa 22 grammni tashkil qiladi.

Telefon mitti o‘lchamga ega bo‘lishiga qaramay, to‘laqonli mobil telefon kabi ishlaydi. Uning yordamida qo‘ng‘iroqlar amalga oshirish va xabarlar terish mumkin. Bundan tashqari, qurilmani iOS yoki Android’da ishlovchi smartfon uchun bluetooth-garnitura sifatida qo‘llash mumkin.

Yangi telefon 0,66 dyuymli, 68 × 68 pikselli displey, MTK6261D protsessori bilan jihozlangan. U Micro-USB porti orqali quvvatlanuvchi 300 mA•soatli batareyadan ishlaydi. 

Telefonda kamera, sensor ekran bo‘lmasa-da, unga 2 ta sim-karta o‘rnatish mumkin. Mitti telefon faqat bir rangda taklif qilinib, uni 990 rublga sotib olish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: