O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining sovg‘a olishi qonun bilan taqiqlanishi mumkin
Davlat xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish va sohaga ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etish maqsadida O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan qonunchilikka qator yangi mexanizm va normalarni kiritish taklif etildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Getty Images
Qayd etilishicha, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish ishlarini yakunlash va uni qisqa muddatda parlamentga kiritish belgilandi. Mazkur qonun bilan “sovg‘a” tushunchasiga aniqlik kiritilib, davlat xizmatchilari tomonidan sovg‘a olish va berish tartibini belgilovchi “Sovg‘a siyosati” deb nomlangan alohida bob bilan to‘ldiriladi.
Bundan tashqari, davlat organlarida korrupsiya holatlari va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida qonun bilan tartibga solinadigan Davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksi ishlab chiqiladi va unda davlat xizmatchilari uchun cheklovlarning aniq ro‘yxati belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan fuqaroning himoyasi kafolatlanib, uning shaxsi sir saqlanishi to‘g‘risidagi norma bilan to‘ldiriladi.
Bundan oldin, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov amaldorlar 2021 yildan daromad va mulklari haqida majburiy deklaratsiya to‘ldirishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

12:21 / 05.03.2025
Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti keldi - prezident

11:44 / 05.03.2025
Bosh vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi «korrupsiyaga qarshi ichki nazorat» tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish topshirildi

11:30 / 05.03.2025
Prezident Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatidan mutlaqo noroziligini aytdi

10:41 / 05.03.2025