Lukashenko o‘z vakolatlarining bir qismidan voz kechishga tayyorligini aytdi
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, u yaqinda "prezidentdan 71ta vakolatni hokimiyatning barcha bo‘g‘inlariga o‘tkazish to‘g‘risida xat olgan".

Foto: EPA / TASS
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z vakolatlarining bir qismidan voz kechish va bu vakolatlarni hokimiyatning boshqa bo‘g‘inlariga berishga tayyorligini aytdi.
"Oxirgi paytda vakolatlarni qayta taqsimlash to‘g‘risida ko‘p gap-so‘zlar bo‘lyapti. Kimgadir vakolatlar yetmayotganligi aniq, umuman esa bu to‘g‘ri: hukumatga ko‘proq vakolat berish kerak, hokimiyatning boshqa organlariga ko‘proq vakolat berish kerak. Prezidentdan unga xos bo‘lmagan masalalarni olib tashlash kerak", - dedi Lukashenko.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, u yaqinda "prezidentdan 71ta vakolatni hokimiyatning barcha bo‘g‘inlariga o‘tkazish to‘g‘risida xat olgan".
Belarus MSK rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, Lukashenko saylovlarda 80 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘olib bo‘ldi. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya, MSKning ta'kidlashicha, 10 foizdan sal ko‘proq ovoz olgan. Uning shtabi Tixanovskaya 70 foizdan 80 foizgacha ovoz olganini aytib, ushbu xulosaga rozi bo‘lmadi.
23 sentabr kuni Lukashenkoning inauguratsiyasi Minskda oldindan e'lon qilinmagan holda yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi. Uni AQSh, Ukraina, Germaniya, Estoniya, Slovakiya, Chexiya, Litva, Kanada va Buyuk Britaniya kabi bir qator davlatlar tan olmadi. YeI ushbu jarayonning o‘zi ham, Lukashenkoning yangi muddati ham yetarli qonuniy asosga ega emasligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid

15:15 / 16.02.2025
AQSh Lukashenko bilan siyosiy mahbuslarni ozod etish bo‘yicha «katta bitim» tayyorlamoqda

22:07 / 27.01.2025
Belarusning 30 yillik prezidenti yana saylandi. G‘arb bu saylovni ham tan olmadi

12:30 / 27.01.2025
Belarusda Aleksandr Lukashenko yettinchi prezidentlik muddatiga qayta saylandi

00:20 / 27.01.2025