Prevyu. O‘zbekiston Eronga qarshi noxush an'anani buza oladimi?

Sport 15:27 / 08.10.2020 8753

So‘nggi marta 3 sentabr kuni Tojikiston milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushgan vakillarimiz milliy chempionatimiz futbolchilaridan tashkil topgan tarkib bilan qo‘shni mamlakat jamoasini mag‘lub etgan (2:1) bo‘lsa, bu safar ancha kuchli raqib sanalmish Eronga qarshi o‘yinda murabbiylar shtabi Odil Ahmedovdan tashqari qolgan barcha o‘zi istagan legionerlarni ham taklif eta olgan.

Odil Ahmedov nega tarkibda yo‘q?

Bosh murabbiy Vadim Abramov avvalroq Tribuna.uz saytiga bergan intervyusida Odil Ahmedov yangi klubi «Tyanszin Teda» safida endi o‘yinlarga kirishgani va futbolchi O‘zbekistonga kelgan taqdirda yana Xitoyga qaytganidan keyin 14 kunlik karantinga saqlanishi sababli milliy jamoaning bu safargi yig‘iniga chaqirilmaganini tushuntirdi.

O‘zaro o‘yinlar: O‘zbekiston Toshkentda Eronga gol ura olmagan

O‘zbekiston milliy jamoasi bugungi kunga qadar Eron milliy jamoasiga qarshi jami 10ta o‘yin o‘tkazib, forslarni Toshkentda mag‘lub etish u yoqda tursin, raqib darvozasiga gol ham ura olmagan. 10 o‘yindan 8tasida Eron g‘olib bo‘lgan, 1 o‘yinda durang va yana bir bahsda Ulug‘bek Baqoyevning Tehrondagi yagona goli O‘zbekiston milliy jamoasiga bu raqib ustidan qozonilgan yagona g‘alabani keltirgan. To‘plar nisbati 2-13 – forslar foydasiga. Vakillarimiz bugungi bahsda Toshkentdagi noxush an'anani buzishga intilishadi.

O‘zbekiston – Eron. O‘zaro o‘yinlar:

11.09.2018. O‘zbekiston – Eron – 0:1

19.05.2018. Eron – O‘zbekiston – 1:0

12.06.2017. Eron – O‘zbekiston – 2:0

06.10.2016. O‘zbekiston – Eron – 0:1

11.06.2015. O‘zbekiston – Eron – 0:1

14.11.2012. Eron – O‘zbekiston – 0:1

03.06.2012. O‘zbekiston – Eron – 0:1

05.09.2009. O‘zbekiston – Eron – 0:0

11.07.2007. Eron – O‘zbekiston – 2:1.

Uchrashuvni Jasur Muxtorov boshqaradi

O‘zbekiston milliy jamoasining «Paxtakor» stadionida kechadigan Eronga qarshi bahsini o‘zbekistonlik hakamlar boshqarib borishadi. O‘yinga Jasur Muxtorov bosh hakam sifatida tayinlangan.

O‘zbekiston – Eron
Bosh hakam:
 Jasur Muxtorov
Yon qanot hakamlari: Timur Gaynulin, Alisher Usmonov
Zaxira hakami: Axrol Risqullayev

Bugun qaysi futbolchilar yordam bera olmaydi?

Bosh murabbiy Vadim Abramov aksariyat futbolchilarning yordamidan foydalana olmaydi. Xususan, yig‘inga chaqiruv olgan Oston O‘runov, Yegor Krimets, Jamshid Iskanderov, Oybek Bozorov va Husniddin Aliqulov maydonga tushmaydi.

O‘runov va Krimets jarohat olgan bo‘lsa, Iskanderov Koreyadan yetib kela olmagan, Bozorov jarohat olgan bo‘lsa, Aliqulovda koronavirus aniqlangani tufayli yig‘inga kelmagan.

Milliy jamoamiz tarkibi:
Darvozabonlar
 – Eldor Suyunov («Paxtakor»), Abduvohid Ne'matov («Nasaf»), Rahim Davronov («Mash'al»).
Himoyachilar – Rustam Ashurmatov («Kvanju», Janubiy Koreya), Igor Golban («Navbahor»), Islom Qobilov («Bunyodkor»), Ibrohimxalil Yuldashev («Bunyodkor»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»), Murod Holmuhammedov («Qo‘qon-1912»),
Farrux Sayfiyev («Paxtakor»).
Yarimhimoyachilar – Otabek Shukurov («Sharja», BAA), Lutfulla To‘rayev («Bunyodkor»), Abror Ismoilov («Paxtakor»), Aziz Turg‘unboyev («Navbahor»), Hojimat Erkinov («Paxtakor»), Ikrom Aliboyev («Seul», Janubiy Koreya), Akmal Mozgovoy («Nasaf»), Sanjar Qodirqulov («Bunyodkor»), Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»), Odil Hamrobekov («Paxtakor»), Sardor Sobirxo‘jayev («Paxtakor»), Doston Hamdamov («Paxtakor»), Aziz G‘aniyev («Shabob Al Ahli», BAA).
Hujumchilar – Eldor Shomurodov («Rostov», Rossiya), Shahzod Ubaydullayev («Metallurg»), Jasur Yaxshiboyev («Shaxtyor Soligorsk», Belarus), Igor Sergeyev («Paxtakor»).

Forslar tarkibi qanday ko‘rinish olgan?

Eron milliy jamoasining xorvatiyalik bosh murabbiyi Dragan Skoshich ham O‘zbekistonga qarshi bahsda deyarli barcha legionerlarni taklif etgan. Faqatgina Angliya Premer-ligasining «Brayton» klubi hujumchisi Alirizo Jahonbaxsh bu safargi yig‘inga kela olmagan.

Eron milliy jamoasining tarkibi:
Darvozabonlar:
 Rashid Mazaheri («Istiqlol»), Amir Obidzoda («Maritimu», Portugaliya), Payom Niyozmand («Sepaxon»),
Himoyachilar: Majid Hussayni («Trabzonspor», Turkiya), Husseyn Kananizodagon («Persepolis»), Shoja Xalilzoda («Persepolis»), Orif G‘ulomi («Istiqlol»), Sodiq Muharrami («Dinamo Zagreb», Xorvatiya), Milod Muhammadi («Gent»), Mujtaba Najariyon («Fulad»), Siyomak Ne'mati («Persepolis»).
Yarimhimoyachilar: Hoji Saif («Traktorsozi»), Ali Karimi («Istiqlol»), Ahmad Nurullohi («Persepolis»), Umid Nurafkon («Sepaxon»), Ali Gulizoda («Sharlurea», Belgiya), Saman G‘oddos («Brentford», Angliya), Mehdi G‘oyedi («Istiqlol»), Vohid Amiri («Persepolis»), Mehdi Torabi (erkin agent).
Hujumchilar: Sardor Ozmun («Zenit», Rossiya), Mehdi Toremi («Portu», Portugaliya), Kaveh Rizoi («Sharlerua», Belgiya).

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi.

8 oktabr (payshanba)

O‘zbekiston – Eron
Bosh hakam:
 Jasur Muxtorov (Eron)
Stadion: «Paxtakor», Toshkent.
O‘yin boshlanish vaqti: 18:00.
TV-translatsiya: «Sport»

 Usmon Ibodov tayyorladi.

Ko‘proq yangiliklar: