Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati Bog‘dod tuman bo‘limida fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining 2019 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor O‘.R.dan undiruvchi R.D. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari ta'minoti uchun daromadining 1/3 qism miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.
Qarzdor O‘.R. dastlab aliment pullarini o‘z vaqtida muntazam to‘lab kelib, o‘zini intizomli shaxs sifatida namoyon eta olgan. Lekin, pandemiya munosabati bilan joriy yil fevral oyidan boshlab sentabr oyiga qadar alimentni to‘lamasdan kelgan. Davlat ijrochisining ogohlantirishini ham inobatga olmagan.
Shu sababli, O‘.R.ning O‘zbekiston hududidan chetga chiqish huquqlari “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 421-moddasiga cheklab qo‘yilgach, xorijda savdo ishlari bilan shug‘ullanuvchi qarzdor ota D.R.ga ikki nafar farzandi uchun nafaqat joriy yil qarzlari, balki ular voyaga yetgunga qadar hisoblangan 42 mln 230 ming so‘m qarzdorlikni to‘lab bergan.
Aliment pullari 4100 AQSh dollari pul birligida undiruvchiga tilxat asosida topshirilgan va ijro hujjati amalda to‘liq ijro qilinganligi munosabati bilan Qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlangan.