Samsung zamonaviy kir yuvish mashinasi uchun yettita zaruriy xususiyatlarni sanab o‘tadi

Jamiyat 12:30 / 06.10.2020 12784

Quyida zamonaviy kir yuvish mashinasi uchun zarur xususiyatlar hamda ushbu xususiyatlarga ega bo‘lgan Samsung modellari haqida so‘zlab beramiz.

Kir yuvish mashinasini xonadoningizdagi asosiy vazifasi – bu kir yuvishni qoyillatib, kundalik ishlarga dastyor bo‘lishdan iborat. Odatda, xonaning bir chekkasida jimgina turishiga qaramay, ushbu qurilma kiyimlarni to‘xtovsiz yuvib beraveradi. Bunday sharoitda uzoq yillar davomida foydalanish uchun esa kir yuvish mashinasi tanloviga alohida e'tibor bilan yondashish juda muhim.

Birinchi sabab: Qulay narx va mukammal sig‘im

Ehtimol, kir yuvish mashinasi tanlovida baraban hajmiga asosiy e'tibor qaratilsa kerak. O‘z navbatida, 7 kilogrammlik sig‘im xonadonning yakka sohibi uchun ham, ikki farzandli oila uchun ham birday mos tushadi. Narxi esa barchani mamnun qoldirishi turgan gap. Chiroyli dizayndagi kir yuvish mashinasi uyingiz bilan uyg‘unlik yaratadi va buning ustiga ko‘p joyni egallamaydi.

Ikkinchi sabab: AddWash bilan qo‘shimcha kiyimlarni yuklash mumkin

Kir yuvishni endi boshladingiz va unutib qoldirilgan buyumga ko‘zingiz tushdimi? U holda Samsung kir yuvish jarayonini to‘xtatib turib, qoldirilgan buyumni qo‘shib yuvish imkoniyatini yaratmoqda. Bu hali hammasi emas, chunki kir yuvish kukuni yoki konditsioner qo‘shish hamda boshqa buyumlarni chayish yoki quritish uchun qo‘shimcha yuklash ham mumkin. Bularning hammasini 7 kg hajmli barcha kir yuvish mashinalaridagi AddWash texnologiyasi yordamida amalga oshirish mumkin.

Uchinchi sabab: bug‘ yordamida yuvish

Bug‘ bilan yuvish allergenlarga qarshi samarali kurashib, allergiyasi bor odamlarga ham juda qulay bo‘ladi.

To‘rtinchi sabab: Invertorli motor

Ko‘plab Samsung kir yuvish mashinalari invertorli motor bilan jihozlanganligi sabab yuqori energiya samaradorligiga ega, past tovushda ishlaydi hamda kir yuvishda yuqori sifat natijalarini ko‘rsatadi. Universal motorlardan asosiy farqi, invertorli motorlarda an'anaviy shchetkalarning yo‘qligi hamda yuqori kuchdagi magnitlarga egaligidir. Bundan tashqari, ular juda chidamli hamda invertorli motorlarga 10 yillik kafolat mavjud.

Beshinchi sabab: Sun'iy intellekt

Qurilma modeli qancha yangi bo‘lsa, undagi xususiyat ko‘rsatkichlari shunchalik kuchli bo‘ladi. Samsung kir yuvish mashinalarida Bixby sun'iy intellekt tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida kir yuvish jarayonini masofadan boshqarish mumkin. Shu bilan birga, u sizga eng qulay yuvish rejimini tanlab beradi, kir yuvish tartibini optimallashtirishadi hamda mavjud nosozliklarni aniqlash xususiyatiga ham ega.

Oltinchi sabab: EcoBubble generatori

Maxsus EcoBubble texnologiyasi kir yuvish kukunini pufakchalarga aylantirib, hatto past haroratda ham buyumlaringizni samarali yuva oladi. Pufakchalar buyumlar matosiga zarar yetkazmasdan chuqurroq singiydi hamda ularni yanada yaxshiroq tozalaydi.

Yettinchi sabab: Baraban tozaligiga e'tibor

Kir yuvish mashinasi barabanida yuzaga keluvchi ifloslanish hamda yoqimsiz hidlarga sabab bo‘luvchi bakteriyalardan odatda qimmat tozalash vositalari yordamida xalos bo‘lish mumkin. Ammo Samsung kir yuvish mashinalari zamonaviy modellaridagi barabanni eko-tozalash funksiyasi yordamida ortiqcha tozalash vositalariga hojat qolmaydi. Kir yuvish mashinasi tozalash zarurati haqida o‘zi xabar beradi va sizdan dasturni ishga tushirish talab etiladi, xolos.

Samsung kir yuvish mashinalari to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotlarga Samsung rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ega bo‘lish mumkin.

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @samsunguzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Sayt: samsung.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: