Apple 13 oktyabrda iPhone 12 taqdimotini o‘tkazadi

Fan-texnika 22:37 / 06.10.2020 8053

Odatda Apple yangi iPhone’larga bag‘ishlangan taqdimotini sentyabrda o‘tkazadi. Biroq joriy yilda kompaniyaning sentyabrdagi taqdimotida yangi iPad plansheti va Apple Watch soati tanishtirilgan.

Apple Watch
Foto: Apple
iPad Air
Foto: Apple

Kompaniyaning yangi taqdimotida 4 ta yangi smartfon – 5,4 va 6,1 dyuymli ekranga ega iPhone 12 va iPhone 12 Pro, 6,7 dyuymli iPhone 11 Pro Max hamda 5,4 dyuymli iPhone 12 mini taqdim etilishi kutilmoqda. iPhone 12’lardan biri 4G, boshqasi esa 5G’ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Bundan tashqari, kompaniya o‘z taqdimotida AirPods Studio quloqchini, HomePod mini ovoz karnayi, yangi avloddagi Apple TV televizion pristavkasi va AirPower simsiz quvvatlagichini namoyish qilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: