Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pulli yo‘llar, avtoturargohlar va benzin uchun chegirmalar - Koreyada kichik mashina boshqarishning afzalliklari
Janubiy Koreya – avtomobilsozlik sanoatida yetakchi davlatlardan biri. Shu bilan birga, mamlakatda turli xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan krossoverlar, elektrokarlar va oddiy sedanlarni uchratish mumkin.
Davlatning soliq qonunchiligi bu avtoulovlarning barchasiga birdek qaramaydi. Hududining 70 foizi o‘rmonlar bilan qoplangan Koreya Respublikasi atrof-muhitning ozodaligiga, tabiatni asrashga alohida e'tibor qaratadi. Shu boisdan, ochiq havoga ko‘proq zarar keltiradigan korxona-zavodlar kabi mashinalar ham odatdagidan ko‘proq soliqqa tortiladi. Dvigatel quvvati kichik avtomobillarga esa, bu o‘rinda, ko‘plab imtiyozlar berilgan. Maqola davomida shu haqda gaplashamiz.
Kichik mashinalar deganda, dvigatel hajmi 1000dan kam bo‘lgan avtomobillar tushuniladi. Kia kompaniyasining Morning, Ray hamda Chevrolet Spark, Matiz rusumli avtomashinalari shular jumlasidan.
Shaxsiy tajribamiz yaqinda xarid qilingan, ikkinchi qo‘l Morning avtomobili bilan bog‘liq bo‘ldi.

Dastlabki yengilliklardan biri, mashinani rasmiylashtirishda alohida to‘lovning yo‘qligi. Avtomobilni sobiq egasidan o‘z nomimizga o‘tkazish ishlari 15 daqiqa ichida to‘liq yakunlandi. Orada onlayn tarzda sug‘urta shartnomasi kelishuviga ham ulgurdik.

Janubiy Koreyada bir shahardan ikkinchi shaharga borishda katta pullik magistral yo‘llardan foydalaniladi. Bizning jajji toychoqlarimizga esa bu pulli yo‘llardan yurishda 50 foizlik chegirma bor. Barcha turdagi ulovlar haydovchilari 10 ming von to‘laydigan joyda, kichik mashina egalarining 5 ming von sarflashi kifoya bo‘ladi.
Kichik avtomobillar mol-mulk solig‘idan ozod etilgan.
Chet elliklar orasida shunday gap yuradi: «Koreyada mashina narxidan uning sug‘urtasi qimmatroq». Rostdan ham, 800 dollarga sotib olingan mashinaga bir oyda 100 yoki 120 dollar sug‘urta to‘langan holatlarga ham shaxsan guvoh bo‘lganmiz. Bir yilda avtomobil narxidan ham katta summa kelib chiqadi. Sug‘urta to‘lovi miqdori haydovchining yoshi va tajribasiga qarab o‘zgarishi – bu alohida mavzu. Imkon bo‘lganda to‘xtalamiz. Hozir esa yana imtiyoz haqida: biz hikoya qilayotgan toifadagi mashina egalari xavfsizlik sug‘urtasi uchun to‘lovning 10 foizidan 30 foizigacha qismini tejab qolishlari mumkin.
Avtoturargohlar – katta-katta megapolislar uchun doimiy muammolardan. Hatto pullik «parkovka»larda ham ba'zan bo‘sh o‘rin topish qiyinchilik tug‘diradi. Topilgan taqdirda esa qimmat. Misol uchun, o‘tgan oyda poytaxt Seulda mehmon bo‘lib, mashinamizni pullik turargohlardan biriga joyladik. Taxminan ikki yarim, uch soat uchun 25 dollar to‘lagandik o‘shanda. Agar avtomobilimiz Spark yoki Matiz bo‘lganida, 50 foizlik chegirma orqali 12,5 dollar kifoya qilar edi.
Qulayliklardan yana biri yoqilg‘i sarfi bilan bog‘liq. «Har litrda 300 von chegirma bo‘ladi», deyishganiga qiziqib, Shinhan Bank filialiga bordik.
Imtiyoz bilan jiddiy qiziqdik. Bank xodimlarining fikriga ko‘ra, chegirmadan foydalanish uchun «경차사랑카드» nomli karta ochtirish talab etilar ekan. Lekin narx boshqalar ta'riflaganidek chiqmadi. Benzin va dizel yoqilg‘isi uchun har bir litrga 60 von, gaz uchun esa 30 vondan arzonlashtirilishi aytildi. Bundan tashqari, bir yil mobaynida xarid qilingan ma'lum hajmdagi yoqilg‘i uchun 200 ming vongacha to‘langan soliqlarni qaytarib olish imkoniyati ham bor ekan.
Xullas, Koreyada shunaqa gaplar: «Kichkina mashinalarga katta imtiyozlar bor».
Eldor Vohidov
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi

14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda

12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

17:58 / 01.09.2023