2020 yil 19 avgust kuni talabalar o‘rtasida eng yaxshi mobil ilovalarni yaratish bo‘yicha “mGovAward” tanlovining Demo kuni bo‘lib o‘tgan edi, unda 264 nafar ishtirokchi orasidan 18 ta jamoa saralab olindi. Sovrin jamg‘armasi 100 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan “mGovAward” tanlovining final bosqichiga o‘tgan ishtirokchilarga ovoz bering!
2019-yil 26-sentyabridan 2020-yil 10-fevraligacha davom etgan arizalarni qabul qilish jarayoni davomida tanlov rasmiy veb sayti - mgovaward.uz orqali 264 ta jamoa nomidan arizalar qabul qilinib, ularning 95 nafari o‘z mobil ilovasiga ega edi. Tanlov ishtirokchilari ta'lim (27), sog‘liqni saqlash (21), tadbirkorlik (19), turizm (22), transport va logistika (6) sohalari kabi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha mobil ilovalar ishlab chiqdilar. BAA vazirlik va davlat mahkamalari vakillari bilan birgalikda tanlov komissiyasi (hakamlar xay'ati jamoasi) tashkil etildi.
Shuningdek, 2020-yilning 28-29-fevral kunlari 97 guruh o‘rtasida mobil ilovalarni baholash jarayoni bo‘lib o‘tdi, mazkur bosqichda 18 jamoa yarim finalga yo‘l oldi. Demo Day natijalariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari va o‘zbekistonlik vakillardan tashkil topgan ekspertlar komissiyasi mavjud 18 ilovani munosib baholashdi va 7 ta eng yaxshi deb topilgan loyihalarga final bosqichi uchun yo‘llanma berildi.
Final bosqichiga o‘tgan 7 eng yaxshi mobil ilova bilan tanishing:
1 Sahiya team - Sahiya (Ta'lim)
2 Roboteach team - Roboteach (Ta'lim)
3 FazonCo team - aboo (Ta'lim)
4 CodeSys team - CodeSys (Ta'lim)
5 Imam Bukhari team Seven Pirs (Turizm)
6 iMed - EYECERIA (Sog‘liqni saqlash)
7 Shaxcar - CarWon (Tadbirkorlik)
Final bosqichi Telegram-bot orqali ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi va uning natijalariga ko‘ra, 3 g‘olib olib aniqlanadi. G‘oliblarga quyidagi mukofotlari topshiriladi:
1-o‘rin - $50,000
2-o‘rin - $30,000
3-o‘rin - $20,000
Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlov Birlashgan Arab Amirliklari bilan “Davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish” yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik doirasida IT Park, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida “mGovAward” davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish uchun BAA hukumat va kelajak ishlari vazirligi bilan birgalikda tashkil etilgan edi.
Final bosqichiga o‘tgan 7 mobil ilovalarning biriga ovoz berishni unutmang, g‘oliblikka munosib nomzodlarni tanlashga yordam bering. Barchasi sizning ovozingizga bog‘liq!
Ovoz berish jarayoni quyidagi havolalar orqali joriy yilning 28-sentyabridan 2-oktyabriga qadar davom etadi:
mGovAward rasmiy sayti: vote.mgovaward.uz
mGovAward telegram boti: @mGovAward_bot
Reklama huquqi asosida