Facebook yangi pilot ilova ustida ishlamoqda: Instagram, Messenger va WhatsApp bir-biriga ulanadi

Fan-texnika 16:53 / 01.10.2020 2241

Reja WhatsApp foydalanuvchilarini boshqa bir ilovani yuklab olish yoki bir ilovadan ikkinchi ilovaga o‘tish «zahmat»idan xalos qilish, shuningdek, Instagram va Messenger foydalanuvchilariga bu dasturdan WhatsApp’ga xabar yuborish imkoniyatini yaratish fikriga asoslanadi.

Ba'zi Instagram foydalanuvchilari Facebook’da o‘z akkauntga ega bo‘lmagani holda Messenger foydalanuvchilariga xabar yuborishni boshlashdi.

Ushbu sinov dasturi Facebook tomonidan o‘tgan yili e'lon qilingan Instagram, WhatsApp va Messenger’ni birlashtirish rejasi yo‘lidagi dastlabki qadamdir.

Ushbu odim kelgusi yillarda Facebook’ning xabar almashish sohasidagi hukmronligini yanada kuchaytirishi va AQShda monopoliyaga qarshi kurashish doirasida tekshirilayotgan bu kompaniyaning bo‘linishini yanada qiyinlashtirishi ta'kidlanmoqda.

Instagram va Messenger foydalanuvchilarining bir-birlariga xabar jo‘natish va videoqo‘ng‘iroq qilish imkoniyatini yaratuvchi xususiyat ba'zi bozorlarda sinovdan o‘tkazila boshladi.

Yaqin oylarda dastur butun dunyo bo‘ylab tarqaladi. Kompaniya mazkur xususiyatning WhatsApp’da qachon ishga tushirilishi haqidagi vaqt jadvalini hali taqdim etmadi.

Ma'lumot uchun, Facebook kompaniyasi 2019 yil mart oyida WhatsApp, Instagram va Facebook xizmatlarini birlashtirish rejasini e'lon qilgandi. U 2012 yilda Instagram, 2014 yilda esa WhatsApp’ni sotib olgan. Kompaniya o‘zining Messenger dasturini 2011 yilda ishga tushirgan.

Ko‘proq yangiliklar: