Maktabgacha ta'lim qamrovini 80 foizdan oshirish bo‘yicha topshiriq berildi
Prezident o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbirda maktabgacha ta'lim sohasida qilinadigan ishlar haqida topshiriq berdi.

«Aynan maktabgacha ta'lim sohasiga bo‘lgan e'tibor mamlakatning ertangi taraqqiyoti uchun mustahkam zamin yaratadi. Ko‘rinib turibdiki, dastlabki natijalar yomon emas. Biroq hali bu borada qiladigan ishlarimiz anchagina.
Sohada davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirib, nodavlat sektorning ulushini 75 foizga yetkazish, maktabgacha ta'lim qamrovini esa 80 foizdan oshirish zarur», dedi davlat rahbari.
Shuningdek, tadbir davomida bolalar bog‘chalari uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning amaldagi tizimi davr talablariga javob bermasligi, maktabgacha ta'limda zamonaviy o‘qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish masalasi ham dolzarb bo‘lib turgani ta'kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta'lim sohasidagi yuqorida aytilgan muhim ishlar ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga ikki oy hukumat qarorini qabul qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Mavzuga oid

20:14 / 10.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi

21:18 / 07.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Tadbirkor ayollar kengashini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi

20:41 / 07.03.2025
Har yili kamida 200 nafar qiz dunyoning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi

20:29 / 07.03.2025