«Jyenoa» Eldor Shomurodov transferini tasdiqladi

Sport 19:51 / 30.09.2020 12581

«Biz transfer shartlari borasida kelishuvga erishdik. Shomurodov yaqin kunlar ichida Italiyaga yetib kelishi kerak. Umid qilamanki, barchasi tez orada hal bo‘ladi», - deya Fajianoning so‘zlarini keltirmoqda Metaratings.

Avvalroq, «Rostov» klubi Eldor Shomurodovni 9 million yevro evaziga Italiya klubiga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, Shomurodov 2017 yildan buyon rostovliklar safida to‘p surmoqda. Futbolchining shartnomasi 2024 yilga qadar belgilangan. Transfermarkt portali hujumchining transfer bahosini 6,5 million yevroga baholagan.

Eldor Shomurodov o‘tgan mavsumda Rossiya Premer-ligasida 11ta gol urib, to‘purarlar qatoridan joy olgandi. Joriy mavsumda u 9 o‘yinda bitta gol muallifiga aylangan. Shuningdek, Eldor Yevropa ligasi 3-saralash bosqichi doirasida o‘tgan hafta «Makkabi» (1:2) klubi darvozasini ishg‘ol etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: