Hyundai qadam tashlab yuruvchi avtomobillar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi

Fan-texnika 21:22 / 30.09.2020 5190

Kompaniyada ta'kidlanishicha, New Horizons Studio mashinalari birinchi navbatda o‘tish o‘ta qiyin bo‘lgan, jumladan avtomobillarda borib bo‘lmaydigan joylar bo‘ylab sayohat qiluvchilar uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, bunday mashinalar yo‘llar bo‘lmagan hududlarda ishlashiga to‘g‘ri keluvchi turli favqulodda xizmatlar e'tiborini tortishi mumkin. Shuningdek, avtomobil imkoniyati cheklangan kishilar uchun asqotadi.    

Yangi bo‘linmaga Hyundai vitse-prezidenti Jon Su rahbarlik qiladi. 

“Biz transformerlar toifasidagi dunyodagi ilk avtomobilni yaratmoqchimiz”, deb aytgan Jon Su.

New Horizons Studio’ning birinchi mashinasi Elevate’ning seriyali versiyasi bo‘lishi ehtimol qilinmoqda. Elevate robotlashtirilgan bukiluvchi “oyoq”larga biriktirilgan oddiy g‘ildiraklar bilan jihozlangan. Mashina zarurat tug‘ilganda nafaqat yurishi, balki turli murakkab sirtlar bo‘yicha qadam tashlab yurishi va ularga o‘rmalab chiqishi ham mumkin. Muhandislarning ta'kidlashicha, Elevate 2 metr balandlikdagi to‘siqni bemalol oshib o‘tishi mumkin.

Mashina elektr kuch qurilmasi yordamida harakatlanadi. U, shuningdek, avtonom boshqaruv tizimi bilan jihozlangan.

Ko‘proq yangiliklar: