Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda yuk mashinasi ikki nafar qizni bosib ketib, xonadonlarning biriga borib urildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yilning 28 sentabr kuni soat 17:20larda Qirg‘iziston fuqarosi, 28 yoshli haydovchi Sh.L. boshqaruvidagi Volvo rusumli (Qirg‘izistonga tegishli) yuk avtomashinasida Andijon viloyati Buloqboshi tumani Sanoat MFY, Gastrol ko‘chasidan o‘tgan “Buloqboshi-Andijon” qatnov yo‘lining “Buloqboshi” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu vaqtda u boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, yo‘lning chetida harakatlanib kelayotgan piyodalar, 10 yoshli B.A. (qiz) va 3 yoshli K.N.ni (qiz) bosib o‘tib, shu yerdagi xonadonlarning biriga borib urilgan. YTH natijasida piyodalar B.A. va Q.N. hamda haydovchi Sh.L. vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi kelgusi tergov harakatlarini o‘tkazish uchun Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga o‘tkazilgan.
“Hurmatli fuqarolar, yo‘llarda harakatlanganda belgilangan yo‘l-harakati qoidalariga hamda o‘zingizning shaxsiy xavfsizligingizga rioya qiling”, - deyiladi ma'lumotda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

07:35 / 27.07.2024