Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ozarboyjon urush e'lon qildi» – Pashinyan armanistonliklarga murojaat qildi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qo‘shni Ozarboyjon bilan yuzaga kelgan mojaro sabab armanistonliklarga favqulodda murojaat qildi. Pashinyan o‘z chiqishi davomida bir qator masalalarda keskin fikrlar bildirdi.

Foto: Getty Images
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘ mojarosi ikki mamlakat miqyosidan chiqib ketib, xalqaro xavfsizlikka ham daxl qilishi mumkin. «Ozarboyjon arman xalqiga urush e'lon qildi. Armaniston xalqining kerakli javobni berishga kuchi yetadi», dedi Pashinyan.
Armaniston bosh vaziri Turkiyaning Ozarboyjonga yordam berayotgani haqida ham gapirdi. «Bizning harbiy harakatlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, natijada dushman zarar ko‘ra boshladi. Xalqaro hamjamiyat vaziyatga Turkiyaning aralashishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Ozarboyjondagi rejim jinoiy harakatlarini Armaniston bilan chegarada amalga oshirishi va mintaqadagi barqarorlikni izdan chiqarish uchun provokatsiya qilishi ham mumkinligini bilamiz», degan Pashinyan.
27 sentabr kuniga o‘tar kechasi va yakshanba tongida Tog‘li Qorabog‘da yana Ozarboyjon va Armaniston harbiylari o‘rtasida to‘qnashuv boshlandi. Har ikki mamlakat bir-birini o‘t ochishni boshlashda ayblamoqda. Ikki tomondan ham o‘nlab odamlar qurbon bo‘lgani, tinch aholi orasidan ham halok bo‘lganlar borligi aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Nukus - Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 15:55
-
Rossiyada Belgoroddagi o‘g‘irlik uchun milliard rubl undirilmoqchi
Jahon | 15:49
-
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi
O‘zbekiston | 15:21
Mavzuga oid

21:05 / 11.07.2025
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

08:45 / 11.07.2025
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘zaro savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazadi

20:23 / 10.07.2025
Keyingi qadam – tinchlikmi? Aliyev va Pashinyan nima haqda kelishib oldi?

08:21 / 10.07.2025