Joriy yilning 24 sentabr kuni soat 11:30larda "Kosonsoy-Namangan" yo‘lining 1-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, "Neksiya" rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 6 yoshli qizni urib yuborgan.
Natijada, piyoda D.A. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.