Messenjer faoliyatidagi uzilishlar Rossiya, Belarus va Ukrainada jiddiy sezilgan. Shuningdek, Telegram O‘zbekiston, Qozog‘iston, Malayziya va Yevropa mamlakatlarida ham ishlamay qolgan.
Foydalanuvchilarning 76 foizi ilovaga ulanishda muammoga duch kelgan bo‘lsa, 23 foizi xabar yuborishdagi qiyinchiliklar haqida ma'lum qilgan.
Telegram tvitterdagi sahifasi orqali nosozlik bartaraf etilganini ma'lum qildi.
«Sharqiy Yevropadagi ayrim foydalanuvchilarimiz so‘nggi 45 daqiqada ulanish borasida muammoga duch kelgan bo‘lishi mumkin. Endi hammasi joyida, noqulaylik uchun uzr so‘raymi», deyiladi xabarda.