Taxminan uch yil ichida Tesla 25 ming dollarlik narxda bo‘lgan haydovchisiz elektrmobillarni ishlab chiqaradi. Bu haqda kompaniya asoschisi Ilon Mask Battery Day aksiyadorlar uchun taqdimot marosimida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda BBC News.
Bunday avtomobillarning eng qimmat qismi bo‘lib qolayotgan akkumulyator batareyalarining samaradorligini oshirish orqali elektromobil narxini pasaytirish rejalashtirilgan.
Maskning ma'lum qilishicha, Tesla o‘z batareyalarini ishlab chiqaradi, ular besh barobar ko‘proq energiya sig‘imli va hozirgilardan olti barobar kuchliroq bo‘ladi. Bundan tashqari, ular bilan bitta quvvat olishda yurish masofasi 16 foizga oshadi.
Taqdimotda Mask Tesla kelajakda yiliga 20 million dona elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirayotganligini ma'lum qildi (2019 yilda kompaniya 367 mingga yaqin mashina ishlab chiqardi). Ta'kidlanishicha, ushbu maqsad Toyota yoki Volkswagen kabi avtomobil ishlab chiqaruvchilarning hozirgi ishlab chiqarish hajmidan qariyb ikki baravar ko‘pdir.
Hozirda eng arzon Tesla modeli - Model 3 sedanining narxi 37 990 dollardan boshlanadi.
Ilon Mask 25 ming dollarga tushadigan elektromobil chiqarishni birinchi marta va'da qilayotgani yo‘q. U birinchi marta bunday bayonotni 2018 yilda bergan, shuningdek, bunga uch yil vaqt ketishi mumkinligini ta'kidlagan.