«Al Hilol» OChLdan chetlatildi, «Paxtakor» esa guruhda 1-o‘rinni egalladi

Sport 23:34 / 23.09.2020 12719

Osiyo Chempionlar Ligasi V guruhi 6-turidan o‘rin olgan «Al Hilol» – «Shabob Al Ahli» o‘yini bekor qilindi. Chunki Saudiya Arabistoni klubi bahsni 9 nafar futbolchi bilan boshlamoqchi bo‘ldi. Bu esa mumkin emas.

Endi nima bo‘ladi?

«Al Hilol» Osiyo Chempionlar Ligasidan chetlatiladi.
Qoidalarga ko‘ra, bir o‘yin uchun qaydnomadan kamida 13 nafar futbolchi o‘rin olmasa, bahs o‘tkazilmaydi. O‘yinga tayyor bo‘lmagan jamoa esa musobaqadan chetlashtiriladi. 

So‘nggi turgacha guruhda peshqadamlik qilgan va 1/8 finalga chiqish masalasini hal qilgan «Al Hilol» turnirni tark etadi. Chunki jamoa keyingi bosqichga chiqishi uchun guruhdagi barcha 6ta o‘yinni o‘tkazishi shart.

Endi V guruhida «Al Hilol» ishtirokidagi bahslar natijalari bekor qilinadi va  quyidagi o‘yinlar saqlab qolinadi. 

V guruhi

1-tur
Paxtakor – Shabob Al Ahli 2:1

2-tur
Paxtakor – Shahri Hudro‘ 3:0

3-tur
Shahri Hudro‘ – Shabob Al Ahli 0:1

4-tur 
Shabob Al Ahli – Shahri Hudro‘ 1:0

5-tur
Shabob Al Ahli – Paxtakor 0:0

6-tur 
Shahri Hudro‘ – Paxtakor (o‘yin davom etmoqda)

6-turdan o‘rin olgan «Shahri Hudro‘» –«Paxtakor» o‘yini qanday natija bilan yakunlanishidan qat'i nazar O‘zbekiston chempioni guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

«Paxtakor» hisobida 7, o‘yinlari tugagan «Shabob Al Ahli»da ham 7 ochko bor. Ammo o‘zaro o‘yin natijalariga ko‘ra ustunlik toshkentliklar tomonida.

Ko‘proq yangiliklar: