INVENTO UIS barkamol avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan ta'lim taklif etadi

Jamiyat 11:00 / 22.09.2020 3363

Har bir ota-ona farzandi kelajakda kim bo‘lib ulg‘ayishi haqida fikr yuritadi. Barchamiz bolalarimizni sog‘lom, o‘tkir zehnli va jamiyatda o‘z o‘rniga ega, muvafaqqiyatli shaxs sifatida voyaga yetishini orzu qilamiz. O‘z navbatida, ta'limning kelajak imkoniyatlarini ochuvchi kalit deya nomlanishi ham bejizga emas, chunki shaxsning naqadar chuqur va boy bilimlarga egaligi, uning kelajagi, mamlakat va butun avlod rivojlanishiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Mazkur muhim vazifani amalga oshirilishi maqsadida INVENTO The Uzbek International School (UIS) xalqaro maktabi ochildi.

Bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlar

INVENTO UIS har bir tarbiyalanuvchining qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan maktab hamda maktabgacha ta'lim sohasidagi ilg‘or g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan. Maktabda interaktiv darslarni olib borish uchun kampus barcha zarur texnik vositalar bilan jihozlangan.

INVENTO dars jarayonlarining o‘ziga xos jihatlaridan biri – bu bolalar nafaqat odatiy fanlar bilan mashg‘ul bo‘lib qolmasdan, ularga o‘z ijtimoiy ko‘nikmalarini o‘stirish uchun turli rivojlantiruvchi o‘yinlar, kitob o‘qish ko‘nikmasini yuksaltirish uchun qator bolalar adabiyoti durdonalari bilan tanishish, estetik didni shakllantirish uchun ijod hamda musiqa darslari va shu bilan birga dunyoqarashni rivojlantirish uchun turli mashg‘ulotlar taqdim etiladi.

Bolalarning jismoniy taraqqiy etishi va mustahkam salomatlikka ega bo‘lishiga ham alohida e'tibor qaratiladi. Maktab kampusi ichida yopiq basseyn, massaj xonasi, tuzli xona hamda gimnastika va sport zallari joylashgan. Immunitetni mustahkamlash va nafas olish tizimi faoliyatini yaxshilash maqsadida bolalar belgilangan tartibda galoterapiya va massaj seanslarini qabul qiladilar. Jismoniy tarbiya darslarida esa bolalar jamoaviy mashg‘ulotlar hamda faol sport o‘yinlari bilan shug‘ullanadilar.

Darslardan bo‘sh vaqtlarida esa tarbiyalanuvchilar o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishlari mumkin. Ushbu maqsadda INVENTO UIS kampusida turli sahna ko‘rinishlari uchun faollar zali hamda tasviriy san'at va musiqa darslari uchun shinam sharoitlar yaratilgan.

Uzluksiz ta'lim olish dasturi

INVENTO UIS hozirgi kunda asosiy maqsadi bolalarga XXI asr uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatish bo‘lgan xalqaro IB hamjamiyati a'zoligiga ega bo‘lish ustida faol harakat qilmoqda.

Eng sara sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan shaxsni tarbiyalash ta'limdagi ketma-ketlikni talab etadi. Sentabr oyidan boshlab INVENTO UIS maktabida IB PYP dasturi bo‘yicha birinchi sinf o‘quvchilari qabuli boshlandi. Bu esa INVENTO bog‘chasi tarbiyalanuvchilari ta'lim jarayonlarini xalqaro standartlar asosida maktabda ham davom ettirishi mumkinligidan dalolat.

Teran fikrli, bilimdon, qiziquvchan, hamisha izlanish va tadqiqotlarga shay, zukko, kirishimli va barkamol rivojlangan – aynan ushbu xislatlarni o‘zida mujassamlashtirib PYP xalqaro dasturi bo‘yicha ta'lim olayotgan bog‘cha va maktab o‘quvchilari INVENTO UIS maktabida jamlangan.

INVENTO maktabida har lahza bilim olish imkoniyatini beradi.

Batafsil ma'lumot uchun: +99871-210-99-99

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, 4A uy, Tashkent City XIM

Sayt: invento.uz

Telegram: t.me/Inventouz

Instagram: @Inventouz

Facebook: fb.com/Inventouz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: