Prezident O‘ktam Barnoyev oilasiga ta'ziya bildirdi
Germaniyada vafot etgan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev 20 sentabr kuni peshinda Toshkent shahridagi Minor qabristoniga dafn etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni og‘ir xastalik tufayli vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Oliy Majlis Senati a'zosi O‘ktam Barnoyevning xonadoniga tashrif buyurdi. Qur'on tilovat qilindi.
«O‘ktam Barnoyev mehnat faoliyatini o‘zi tug‘ilib o‘sgan Buxoro viloyatida boshlagan. Keyinchalik Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida, Vazirlar Mahkamasida mas'ul lavozimlarda ishlagan. 2008-2010 yillarda Samarqand, 2016-2020 yillarda Buxoro viloyati hokimi bo‘lgan. U joriy yildan Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
O‘ktam Barnoyevning deyarli butun faoliyati qishloq va suv xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘ldi. U ushbu sohadagi islohotlarini amalga oshirishda asosiy ijrochilardan biri edi. Bu yo‘lda barcha bilim, tajriba va kuchini safarbar qildi. Agrar tarmoqni diversifikatsiya qilish, bozor mexanizmlari va kooperatsiya tizimini joriy etish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, hosildorlikni oshirib, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Davlat rahbari bugun marhumning onasi, rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirib, sabr-toqat tiladi.
«O‘ktamjon olijanob, zabardast, fidoyi, vatanparvar, o‘rnak olishga arzigulik inson edi. Bosh vazir paytlarimda ham birga ishladik. Gapirmasam ham meni tushunardi. Bir insonning tarbiyalanib, shunday kadr bo‘lib yetishishi oson emas. Ayniqsa, oxirgi paytlar og‘ir sohani berib, ko‘nglim tinchib, ko‘p ishlarni boshlagan edik. Bu ofat butun dunyoga keldi. Qo‘limizdan kelgan hamma narsani qildik. Lekin o‘lim haq. Allohning irodasi ekan. Bu hammamizga musibat. Joyi jannatda bo‘lsin!», degan Shavkat Mirziyoyev.
Prezident marhumning oilasi, farzandlari doimiy e'tiborda bo‘lishini ta'kidladi.
O‘ktam Barnoyevning oila a'zolari davlat rahbariga minnatdorlik bildirib, xalqimizga osoyishtalik, sihat-salomatlik tilab duo qildilar.
Mavzuga oid

20:14 / 10.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi

21:18 / 07.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Tadbirkor ayollar kengashini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi

20:41 / 07.03.2025
Har yili kamida 200 nafar qiz dunyoning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi

20:29 / 07.03.2025