LG Electronics (LG) kompaniyasining LG CineBeam 4K UHD (model HU810P) yangi lazer proyektori tomoshabinlar o‘z uylarida turib o‘zlarini kinoteatrda o‘tirganday his qilishlari uchun yaratilgan.
LG proyektorlari qatoridagi yuqori pikselli bu innovatsion model nafaqat kino ixlosmandlari, balki asosiy vaqtlarini uyda o‘tkazishni xush ko‘ruvchi oilalar uchun ham o‘ziga xos funksiyalarga ega texnologiya sifatida taqdim etiladi.
Tasvirdagi kinematografik sifatni yanada to‘ldirgan holda proyektor oqimli kontent taqdim etuvchi ommabop ilovalar orqali striming servislardagi filmlarni qulay va oson tomosha qilish imkoniyatini beradi.
LG CineBeam 4K UHD lazer proyektori 4K (3840 x 2160) o‘lchamli, diagonali 300 dyuymgacha bo‘lgan, 2700 ANSI-lyumenli hayratlanarli yorqinlikdagi, DCI-P3 maydonidagi yorug‘lik maydonining 97 foizini qamrab oluvchi ajoyib tasvirdan rohatlanish imkoniyatini yaratadi. Lazer proyektordagi yorug‘lik manbasi ishonchli va uzoq vaqtga chidamli bo‘lib, 20 000 soatgacha xizmat qiladi.
Xonada kuchli yorug‘lik yoki televizor ekranida qorong‘u sahnalar bo‘lishidan qat'i nazar proyektor yangi LG Adaptive Picture Pro texnologiyasi yordamida yorqin va jilvakor tasvirlar hosil qiladi.
Diafragma rejimi foydalanuvchiga oldindan o‘rnatilgan ikki xil tanlov – yorug‘ va qorong‘u xonalar tanlovini beradi. Bu xonadagi yorug‘lik kuchiga ko‘ra eng sifatli tasvirni va kinoteatr muhitini yaratish imkonini yaratadi.
Adaptive Contrast tizimi har bir kadr eng muvofiq darajada jilolanishini avtomatik tarzda boshqarib boradi.
Real Cinema va TruMotion rejimlari tufayli yangi LG CineBeam filmlarni aynan rejisserlar tomoshabinga qanday taqdim etishni rejalashtirgani kabi taqdim etadi va bunda 24 Gs chastotasiga muvofiq keluvchi kadrlar chastotasini boshqarish muhim ahamiyatga ega.
LG taqdim etuvchi TruMotion tizimi ayniqsa jangari filmlar tomosha qilishda, tezkor harakatlar va hayratlantiruvchi sahnalar silliqlik bilan almashinuvchida qo‘l keladi. Proyektor ko‘plab HDR formatlarni, jumladan HDR10 va HLG, shuningdek Dynamic Tone Mapping kabilarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Maksimal qulaylik yaratish uchun LG CineBeam 4K UHD lazer proyektori WiSA va Bluetooth orqali uy kinoteatrlar audiotizimlari bilan simsiz aloqa o‘rnatadi. Ovozni qaytarish kanaliga (eARC) ega HDMI 2.1 orqali bog‘lanishda 10-bitli yorug‘likda va 4K o‘lchamlarda ovoz butkul saqlanib qolinishiga erishiladi.
1,6-karrali zum va obektivning gorizontal hamda vertikal siljishi natijasida binoning istalgan nuqtasiga CineBeam o‘rnatish mumkin.
Proyektorda LG webOS 5.0 mutlaqo yangi platformasi o‘rnatilgan va bu Disney+ va YouTube kabi ommabop striming xizmatlariga tez, oson ulanish bilan birga qulay hamda intuitiv boshqarish, navigatsiya imkonini beradi. Proyektor Apple AirPlay 2 va Screen Share kabi tizimlar bilan uyg‘unlashadi va bu tomoshabinga smartfonlar hamda planshetlardagi multimediya kontenti orqali kinoteatr muhitini yaratishda qo‘l keladi. Auto Calibration II dasturiy ta'minoti orqali tomoshabin oldin tasvirni faqat professional kalibrovka qilingandagi kabi natija olishlari mumkin bo‘ladi.
«Mutlaqo yangi CineBeam proyektori ekrandagi ham yorug‘ sahnalar bilan birdek ishlashi bilan birga tasvir sifatini oshirish, tomoshadan olingan taassurotni butunlay yangi darajaga olib chiqish uchun zamin yaratadi», - deydi LG Electronics Business Solutions bosh vitse-prezidenti va IT-bo‘limi rahbari Chan Ik-xvan. «Ayni paytda bu modelning o‘xshashi yo‘q va bu LG kompaniyasining hayotni yaxshilovchi innovatsiyalarni qo‘llash ko‘lami qay darajada ekanligining yorqin isbotidir».
LG kompaniyasi sentabr oyida www.lg.com/exhibition manzildagi IFA virtual ko‘rgazmasida ishtirok etadi va uning doirasida barcha yangi modellar, shu jumladan yangi LG CineBeam 4K UHD lazer proyektori ham taqdim etiladi.
Batafsil ma'lumot olish uchun www.lg.com/exhibition manzili bo‘ylab tashrif buyuring.
Asosiy xususiyatlari:
Reklama huquqi asosida