Tramp Assanjni afv etish uchun shartini aytdi

Jahon 19:11 / 18.09.2020 10787

AQSh prezidenti Donald Tramp WikiLeaks asoschisi Julian Assanj demokratik partiya serverlarida saqlangan maktublar matnini kimdan olganligini ma'lum qiladigan bo‘lsa, uni afv etishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Assanjning advokatiga asoslanib Reuters xabar bermoqda.

 2016 yilda demokratik partiya serverlarining buzilishi va ulardagi yopiq ma'lumotlarning chop etilishi Xillari Klintonning saylovoldi kampaniyasiga salbiy ta'sir qilgan omillardan biri bo‘lgandi. Klintonning o‘zi ma'lumotlar sizib chiqishini mag‘lubiyatining asosiy sabablaridan biri bo‘lganligini aytgan va serverlar buzilganligi uchun javobgarlikni «rossiyalik xakerlar»ga yuklagandi. 

 Assanj 2016 yil oktyabrda AQShdagi prezident saylovi bilan bog‘liq maxfiy ma'lumotlarni haftada bir marta chop etishga va'da bergandi. Xususan, WikiLeaks portali Klintonning saylovoldi shtabi rahbari Jon Podestaning yozishmalarini 21 oktyabrdan, prezident sayloviga ikki hafta qolganida e'lon qilgan.

AQSh maxfiy xizmatlari demokratik partiya serverlariga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni Rossiyaga yuklagan. Rossiya AQShdagi prezident sayloviga aralashganligi to‘g‘risidagi barcha ayblovlarni rad etgan.

Ko‘proq yangiliklar: