Karantin choralari takroran kuchaytirilishiga sababning o‘zi yo‘q – Nurmat Otabekov

O‘zbekiston 16:34 / 18.09.2020 14327

«Koronavirus infeksiyasi bilan kurashishi uchun respublika sog‘liqni saqlash tizimi yetarli darajada dori vositalari, test sistemalar, shifo o‘rinlari, sun'iy nafas oldirish apparatlari, kislorod konsentratorlari va tibbiy maxsus kiyimlarning yetarli zaxirasi tashkil etilgan. Qolaversa, Covid-19 bilan kurashishda davlatimiz tibbiyot xodimlari xorijiy xamkasblari bilan muntazam aloqa o‘rnatdi va ilg‘or xalqaro tajribalarni respublikamiz tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish imkoniyati yaratildi», degan u.

Ikkinchidan, fuqarolarning o‘zini va yaqinlarini sog‘ligini saqlash uchun karantin qoidalariga qat'iy rioya qilishni davom ettirish kerak:

  • Respublikada karantin bekor qilingani yo‘q, yumshatildi, xolos. Bu davrda yo‘l qo‘yilgan mas'uliyatsizlik, ushbu kasallikka chalinish ehtimolini oshiribgina qolmasdan, ba'zi yondosh kasalligi bor odamlarda og‘ir kechishi, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkinligini unutmaslik;
  • odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda (istirohat bog‘lari, dam olish maskanlari, mahalla, ko‘chalar, savdo, transport va h.k) aholi tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalari buzilishi holatlariga barham berish bo‘yicha kengaytirilgan tushuntirish va nazorat tadbirlarini davom ettirish, belgilangan talablarni buzgan shaxslarga murosasiz bo‘lish;
  • fuqarolarga o‘zlari, yaqinlari va atrofdagilarning sog‘lig‘i uchun mas'ul ekanliklarini doimo eslatib turish, ularni tartibga chaqirish, shuningdek, turli surunkali kasalliklarga chalingan va koronavirusni og‘ir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan aholi qatlamini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni bajarishda aholini vijdonan yondashishga chaqirish.
Ko‘proq yangiliklar: