Shvetsiyada “uchinchi ming yillik” yelkanli kemasi quriladi

Fan-texnika 23:52 / 16.09.2020 7320

Shvetsiyada “uchinchi ming yillik” yelkanli yuk kemasi quriladi. Kema uzunligi 80 metr, eni 30 metr keladigan yelkanlar yordamida harakatlanadi.

Shvetsiyaning Qirollik texnologiya instituti, SSPA konsalting kompaniyasi va Wallenius Marine konstruktorlik byurosidan iborat konsorsium yelkanlar yordamida suzuvchi yuk kemasi loyihasini ishlab chiqdi. Kemada harakatlanish uchun an'anaviy dvigatellar mavjud, biroq u aksariyat yo‘lni uzunligi 80 metrni, eni 30 metrni tashkil qiluvchi yelkanlar yordamida bosib o‘tadi. Yelkanlar istalgan tomondan esuvchi shamolni qo‘llay olish uchun burilish mexanizmlariga ega.

Kemaning uzunligi 200 metrni, eni 40 metrni tashkil qiladi va u o‘z bortiga 7 mingta avtomobilni olishi mumkin. Kemaning yelkanlari bilan balandligi 100 metrdan oshadi, shu sababli uning yo‘nalishini ko‘priklar bilan to‘qnashmaydigan qilib qurishga to‘g‘ri keladi. Bunday ulkan kemaga ko‘plab portlarga kirish yopiq bo‘ladi, biroq u deyarli yonilg‘i sarflamaydi va atmosferaga zararli chiqindilar chiqarmaydi.

Ushbu turdagi birinchi kemani 2024 yildayoq tijoriy reysga jo‘natish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: