Kosonsoyda yigit va qiz bir-birini pichoqladi
Holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 15 sentabr, seshanba kuni ota-onasini qo‘rqitib qo‘yish maqsadida o‘z joniga qasd qilgan ikki fuqaroning biri kasalxonada vafot etdi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, Kosonsoy tumani, «Uzunqishloq» MFYda yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro I.M. va Kosonsoy tumani «Bog‘» MFYda yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan sevgan qizi bilan bir necha yil davomida yaxshi ko‘rishib yurgan. Biroq ota-onalari ularning turmush qurishlariga qarshilik qilgan.
Shundan so‘ng, yigit va qiz o‘zaro kelishgan holda 2020 yil 15 sentabr, soat 11:00lar atrofida jonlariga qasd qilish maqsadida dala maydoniga borib, o‘zlari bilan olib kelgan osh pichoq bilan dastlab K.M. yaxshi ko‘rgan yigiti I.M.ning qorin qismiga bir marotaba urib, so‘ngra pichoqni I.M.ga berib, qorniga urishni so‘ragan. I.M. pichoq bilan K.M.ning qorin qismiga bir marotaba urgan vaqtida qiz hushidan ketgan va yiqilib tushishi oqibatida pichoq qizning qorin qismiga chuqur kirgan va vafot etgan. I.M. esa shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropa grandlari bu forvardlar uchun navbatda. Kim qayerga o‘tadi?
Sport | 18:38
-
AQShda qullikni bekor qilish haqidagi hujjat 13,7 mln dollarga sotildi
Jahon | 17:41
-
Rossiya «Tolibon»ni tan oldi, Tramp Putindan xafa – hafta dayjesti
Jahon | 17:13
-
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentni yana hibsga olishni so‘ramoqda
Jahon | 17:11
Mavzuga oid

23:27 / 23.05.2025
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi

16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi

10:45 / 18.04.2025
Berlinda vokzallar va transportda pichoq olib yurish taqiqlanadi

12:55 / 01.03.2025