Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huawei smartfonlarni masofadan quvvatlash usulini ixtiro qildi
Huawei kompaniyasi smartfonlarni simsiz quvvatlashning yangi usuliga patent oldi. Bu texnologiyada qurilmalar lazer yordamida quvvatlanadi.

Foto: Global Look Press
Yangi texnologiya gadjetlar batareyasini masofadan, misol uchun bir xona chegarasida to‘ldirish imkonini beradi. Rozetkaga ulangan quvvatlash moduli o‘z ta'sir doirasidagi qurilmalarga elektron zaryad jo‘natadi. Energiya lazer yordamida uzatiladi. Bunda foydalanuvchilar gadjetlaridagi akkumulyatorning qanchalik to‘lgani haqida qayg‘urmasalar ham bo‘ladi, chunki quvvatlash jarayoni doimiy ravishda yuz beradi.
Patentda ta'kidlanishicha, quvvatlash zaryadining uncha katta bo‘lmagan uzatuvchi va qabul qiluvchi quvvati uni energiyani o‘rta va katta masofalarga uzatishda qo‘llash imkonini beradi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, lazer yordamida kichik o‘lchamdagi maishiy asboblar bilan bir qatorda yirik o‘lchamdagi dronlarni ham quvvatlash mumkin.
Ushbu texnologiyaning yagona kamchiligi lazerning odamlar va hayvonlar ko‘ziga shikast yetkazishi mumkinligi hisoblanadi. Kompaniya xodimlari bu muammoni hal qilishga va'da berishgan.
Ushbu texnologiyaga asoslangan ilk quvvatlash qurilmalari qachon paydo bo‘lishi ma'lum qilinmagan. Biroq jurnalistlar texnologiya uchun patent olishga ariza 2019 yil sentyabrda topshirilgani va bir yil o‘tibgina patent olinganiga e'tibor qaratishgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 18:31
-
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi
Sport | 17:41
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
Mavzuga oid

14:25 / 03.07.2025
Chivinlarga qarshi birinchi Photonmatrix lazer qurilmasi taqdim etildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot

15:25 / 24.03.2025