16-22 sentabr kunlari Toshkentda Yevropa Harakatlanish Haftasi-2020 kampaniyasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 16:30 / 16.09.2020 3094

Bugun, 16 sentabr kuni – Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi, O‘zbekiston velosipedchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilayotgan Yevropa Harakatlanish Haftasi-2020 kampaniyasiga start beriladi. Tadbir Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi homiyligida o‘tkaziladi. Axborot ko‘magi Ichki ishlar vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ko‘rsatiladi.

Kampaniya 16-22 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi va tez rivojlanayotgan shaharlarda tashqi muhitga zarar yetkazmay harakatlanish, ya'ni velosipedda sayohat qilish haqida xabardorlikni oshirishga va bolalarga yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida ma'lumot berishga qaratilgan.

Toshkentda velosipedchilar jamoatchiligini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash uchun Yevropa Harakatlanish Haftasi Toshkentda o‘tkaziladigan “Yevropa Harakatlanish Haftasi” kampaniyasi shaharlarda tashqi muhitga zarar yetkazmay harakatlanish va yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan.

Bugun, 16 sentabr kuni – Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi, O‘zbekiston velosipedchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilayotgan Yevropa Harakatlanish Haftasi-2020 kampaniyasiga start beriladi. Tadbir Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi homiyligida o‘tkaziladi. Axborot ko‘magi Ichki ishlar vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ko‘rsatiladi.

Kampaniya 16-22 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi va tez rivojlanayotgan shaharlarda tashqi muhitga zarar yetkazmay harakatlanish, ya'ni velosipedda sayohat qilish haqida xabardorlikni oshirishga va bolalarga yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida ma'lumot berishga qaratilgan.

Toshkentda velosipedchilar jamoatchiligini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash uchun Yevropa Harakatlanish Haftasi #ToshkentVeloUchun shiori ostida velosipedda harakatlanishning afzalliklari va qoidalarini tushuntirish uchun raqamli va ommaviy axborot vositalari, shuningdek ijtimoiy tarmoqdagi animatsion postlardan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalar uchun yo‘l harakati xavfsizligini o‘rgatadigan #Yo‘lHarakatiXavfsizligi tashabbusi ijtimoiy tarmoqlarda shahar xavfsizligi bo‘yicha eng muhim masalalarga bag‘ishlangan bir qator video-filmlarni namoyish etadi. Kampaniyaning 2020 yildagi asosiy maqsadi – aholiga sohaga oid axborot yetkazish va bilimlarni oshirish, shaharda tashqi muhitga zarar yetkazmay harakatlanishga o‘tish va yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashdir.

«Biz elektr-velosipedlar, elektr-skuterlar kabi shaxsiy harakatlanish vositalari shaharlarda, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi sharoitida eng tez rivojlanayotgan transport turlariga aylanib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bizning asosiy maqsadimiz – mavjud infratuzilmani takomillashtirish va piyodalar va velosiped yo‘llarini qurish, barcha yo‘l harakati qatnashchilari, shu jumladan bolalar xavfsizligini ta'minlash orqali ushbu rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashdir», – deb ta'kidlaydi Toshkent transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev.

«Shahrimizda velosipedda harakatlanish madaniyati va tashqi muhitga zarar yetkazmay harakatlanishning boshqa turlari tobora o‘sib borayotgani Toshkent shahar hokimligi tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlikni rivojlantirish vektorining ajralmas qismidir. Shuningdek, bu Toshkent shahri rioya qiladigan innovatsion konsepsiyasining ajralmas qismidir. Ushbu strategik qarashga muvofiq, biz 2023 yilga qadar Toshkent shahridagi velosiped va piyodalar yurish yo‘llarini sezilarli darajada kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Shahar aholisi va mehmonlarining yashash tarzini yaxshilash - asosiy ustuvor vazifamizdir. Shuning uchun biz Yevropa Harakatlanish Haftasiga qo‘shilamiz va #ToshkentVeloUchun harakatini qo‘llab-quvvatlaymiz», – deydi Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova.

“So‘nggi bir oy ichida a'zolar sonining keskin o‘sishi va ijtimoiy tarmoqlardagi faollik kuchayganligi velosipedchilar jamoasining tez sur'atlar bilan o‘sib borayotganligining yana bir ko‘rsatkichidir.

Shuningdek, bu axborot va kommunikatsiyaga bo‘lgan ehtiyojning ortishini anglatadi. Biz O‘zbekistonda xavfsiz va barqaror velosiped madaniyatini targ‘ib qiluvchi asosiy fuqarolik jamiyati tashkiloti sifatida hukumat va mahalliy hokimiyat bilan doimiy muloqotni davom ettirmoqdamiz. Biz nafaqat velosiped ixlosmandlarini, balki Toshkentning velosipedchilar uchun chinakam qulay shahar bo‘lishiga ishonadigan shaharning faol fuqarolarini ham birlashtiramiz. Barchani Yevropa Harakatlanish Haftasi davomida veloxaritani yaratishda ishtirok etish va #ToshkentVeloUchun harakatini qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman", – deydi O‘zbekiston velosipedchilari uyushmasi ma'muri Iskandar Ahmedov.

“Shahar transport harakatining pasayishi Yevropaning yirik shaharlarida velosipedning tobora ommalashib borishiga va jismoniy shaxslar va jamoalar uchun sog‘liqqa foydali hayot tarzi, atrof-muhitga ijobiy ta'sir etuvchi ijtimoiy barqarorlikka turtki bo‘lgan omillardan biridir. Bu yilgi O‘zbekistondagi Yevropa Harakatlanish Haftasi – velosiped uchun qulay, xavfsiz va barqaror shahar muhiti to‘g‘risida umumiy tasavvur yaratish uchun hukumat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlik, birgalikdagi sa'y-harakatlar va fikr almashishning ajoyib namunasidir. Velosiped haydashni yangi o‘rganayotganlar va piyodalar, xususan, bolalar uchun xavfsizlik va qoidalar to‘g‘risida ma'lumot va xabardorlik ushbu jarayonning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Biz Yevropaning eng yaxshi tajribasini baham ko‘rish orqali yordam berishga tayyormiz», - dedi Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi Muvaqqat ishlar vakili Yussi Narvi.

Yevropa Harakatlanish Haftasi kampaniyasi doirasida Toshkent aholisi #ToshkentVeloUchun tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga, har kungi velosiped marshrutida kamida bitta ko‘chani sinovdan o‘tkazishga va shu bilan Toshkentning veloxaritasini yaratishga yordam berishga va sovrinli o‘yinlarda qatnashishga taklif qilinadi. Ishtirokchilar velosipedni suratga olishlari, uni Feysbukdagi Yevropa Harakatlanish Haftasi sahifasiga joylashtirishlari va ko‘chaning nomini qayd etishlari kerak. Shunday qilib, ishtirokchi avtomatik ravishda 23 sentabr kuni bo‘ladigan sovrinli o‘yin ishtirokchisiga aylanadi va uchta velosipeddan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Yevropa Harakatlanish Haftasining Feysbukdagi sahifasiga (@EuropeanMobilityWeekUz) obuna bo‘lish mumkin. Feysbukdagi Yevropa Harakatlanish Haftasi aksiyasining surati uchun bu yerni bosing va #YevropaHarakatlanishHaftasini tanlang.

Qo‘shimcha ma'lumot:

Yevropa Harakatlanish Haftasi (qisqacha YHH) 2002 yildan buyon Yevropa Komissiyasining barqaror shahar mobilligi bo‘yicha tashabbusi hisoblanadi. U shahar va qishloqlarni bir haftani harakatlanish aksiyalariga bag‘ishlashga undaydi. 2019 yilda YHHda dunyoning 3000 dan ortiq shaharlari qatnashdi. Yevropa Harakatlanish Haftasi haqida qo‘shimcha ma'lumotni https://mobilityweek.eu/home saytidan olishingiz mumkin.

O‘zbekistondagi birinchi Yevropa Harakatlanish Haftasi 2019 yilda bo‘lib o‘tgan va Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Transport vazirligi tomonidan, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi ko‘magida tashkil etilgan. 2019 yil kampaniyasi shaharlarda sayohat qilishning xavfsiz va barqaror usullari sifatida metroda sayohat qilish va piyoda yurishga qaratilgan. O‘tgan yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan ba'zi tadbirlardan 19 sentabr – “Bepul metro kuni” va 22 sentyabrda bo‘lib o‘tgan Lutfiy ko‘chasidagi "Avtomobilsiz bir kun" ko‘cha festivalini misol keltirish mumkin.

2020 yilgi Yevropa Harakatlanish Haftasining asosiy shiori – "Barcha shaharlarda tashqi muhitga zarar yetkazmay harakatlanish". Shahar hududlarida turli xil iqlim, geografik va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga qaramay, ekologik neytral va inklyuziv shahar muhitini yaratish bo‘yicha choralar ko‘rish mumkin. Shunday qilib, 2020 yilgi Yevropa Harakatlanish Haftasi odamlar va mahalliy hokimiyatni uzoq muddatli maqsadga – ya'ni uglerodga neytral qit'aga ega bo‘lish uchun choralar ko‘rishga undaydi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: