YouTube yangi servisni yo‘lga qo‘ymoqchi – u TikTok raqobatchisi bo‘ladi

Fan-texnika 15:36 / 15.09.2020 3791

YouTube videoxostingi Xitoyning TikTok ilovasiga raqobatchi bo‘lishi kutilayotgan YouTube Shors qisqa videolar servisini sinovdan o‘tkazmoqda.

"Shors – bu o‘z mobil telefonlarida qisqa, qiziqarli video suratga olishni istagan ishlab chiqaruvchilar va san'at vakillari uchun yangi tajriba hisoblanadi", - deyiladi YouTube rasmiy blogida.

Yangi servis xuddi TikTok singari 15 soniyali video suratga olish hamda unga musiqa qo‘shish imkonini beradi. YouTube Shors dastlab Android operatsion tizimida ishlaydi, keyinchalik esa iOS foydalanuvchilari uchun ham yo‘lga qo‘yiladi.

 Xabar qilinishicha, hozirda YouTube Shors servisi Hindistonda sinovdan o‘tkazilmoqda. Hindiston hukumati iyun oxirlarida TikTok va Xitoyning qator ilovalarini bloklagandi.

YouTube Shors servisi AQSh hukumati va TikTok o‘rtasidagi qarama-qarshilik fonida ishga tushmoqda. Avgustda AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat hududida TikTok ilovasidan foydalanishni taqiqlovchi farmonni imzolagandi.

Ko‘proq yangiliklar: