Tadqiqot: Sog‘lom turmush tarzi aqliy zaiflik rivojlanishini sekinlashtiradi

Light 20:25 / 14.09.2020 5506

Demensiya ko‘pincha keksa yoshlilarda kuzatilib, ular orasida nogironlik va giyohvandlikning asosiy sababchilaridan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, har yil 7,7 million yangi demensiya holatlari qayd etiladi. Bu raqam 2050 yilga kelib 131,5 millionga ko‘payishi mumkin.

Bu kasallikning aniq davosi yo‘q. Ammo avstraliyalik pensionerlar bilan o‘tkazilgan tajriba kundalik odatlardagi oddiy o‘zgarishlar neyroplastikani uzoqroq saqlashga imkon berishini ko‘rsatdi.

Tajribada demensiya rivojlanishining ilk belgilari aniqlangan 65 yoshdan oshgan 119 kishi ishtirok etdi. Ular ikki guruhga bo‘linib, turmush tarzidagi o‘zgarishlar qisqa vaqt ichida odam sog‘lig‘iga qanday ta'sir qilishi taqqoslandi.

Ishtirokchilar ovqat ratsionini o‘zgartirishdi. Ko‘proq miya mashqlari, shuningdek, jismoniy va maxsus mashqlar bilan shug‘ullanishdi. Tajriba 8 hafta davomida o‘tkazilib, olti oydan so‘ng natijalar baholandi. Ishtirokchilarda kasallik rivojlanishining pasayishi kuzatildi.

Tadqiqot hammuallifi Mitchell Makmasterning aytishicha, kasallik rivojlanayotgan paytda ham to‘g‘ri parvarish bilan yetarli darajada neyroplastiklikni saqlab qolish mumkin.

Demensiya o‘nlab yillar davomida hech qanday tashqi alomatlarsiz rivojlanishi mumkin. O‘tkazilgan tajribalar esa davosi yo‘q ushbu kasallikning oldini olish uchun yoshlikdanoq sog‘lom turmush tarziga rioya qilish kifoya ekanligini ko‘rsatmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: