SpaceX’ning interneti bir soniyada 100 megabit tezlikka chiqdi

Fan-texnika 11:34 / 14.09.2020 6092

Kompaniya vakilining aytishicha, ushbu bosqichda servis juda past kechikish darajasi va soniyasiga 100 megabitdan yuqori ulanish tezligini namoyish etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kechikish darajasi foydalanuvchilarga «eng dinamik onlayn ko‘p ishtirokchiga ega o‘yinlarni» o‘ynashga imkon beradigan darajada past bo‘lgan, yuklab olish tezligi esa bir nechta HD shakldagi videolarni oqimli uzatish, shuningdek, boshqa ehtiyojlar uchun kanal o‘tkazuvchanligining bir qismini tejash uchun yetarli bo‘ldi.

Hozirda kompaniya Starlink kosmik kemalari o‘rtasida sun'iy yo‘ldoshlararo ulanishni sinovdan o‘tkazmoqda, natijada lazer aloqasi yordamida bir juft sun'iy yo‘ldosh o‘rtasida 100 gigabayt ma'lumot uzatildi. SpaceX’ning bildirishicha, ushbu texnologiyadan to‘liq foydalanish Starlink’ni «dunyo bo‘ylab ma'lumotlarni uzatishning eng tezkor variantlaridan biri»ga aylantiradi.

Qayd etish lozimki, 3 sentabr kuni Falcon-9 raketa tashuvchisi navbatdagi Starlink internet sun'iy yo‘ldosh guruhi bilan Floridadan uchirildi. Raketa 60ta sun'iy yo‘ldosh partiyasini fazoga olib chiqdi.

Ushbu parvozdan so‘ng, orbitadagi Starlink qurilmalari soni 710dan oshadi. Ularning soni 1500ga yetganida, SpaceX ulardan foydalanishni boshlashni rejalashtirmoqda. Hammasi bo‘lib 42 mingga yaqin sun'iy yo‘ldoshni uchirish mo‘ljallangan.

Starlink - bu Yer aholisini internetga keng polosali ulanish bilan ta'minlashga qodir sun'iy yo‘ldosh tarmog‘i. Loyiha 2018 yil fevral oyida boshlangan. SpaceX loyiha qiymatini 10 milliard dollarga baholagan. Uning maqsadi - dunyoning istalgan nuqtasida yuqori tezlikdagi internetga kirishni ta'minlash. 

Ko‘proq yangiliklar: