Hamkorbank: endi «Sberbank Onlayn» ilovasi yordamida mablag‘larni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank kartalariga o‘tkazish mumkin

Jamiyat 11:30 / 14.09.2020 6003

Rossiyada yaqinlari ishlaydigan yurtdoshlarimiz uchun ajoyib qulaylik yaratildi. Endi yaqin insonlaringiz «Sberbank Onlayn» ilovasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizning kartangizga mablag‘larni yuborishlari mumkin.

Pul o‘tkazmalarini sizga maqbul bo‘lgan valutada amalga oshirish va istalgan turdagi plastik kartaga o‘tkazish mumkin, xususan: 

  • Uzcard va Humo kartalariga – milliy valuta so‘mda;
  • Visa va UnionPay kartalariga – AQSh dollarida.

Jo‘natuvchi mablag‘lar miqdorini rublda ko‘rsatib, qabul qiluvchining kartasiga biriktirilgan telefon raqamni kiritishi kifoya. Mablag‘lar avtomatik ravishda konvertatsiya qilinadi va bir necha soniyadan so‘ng karta hisobiga kelib tushadi.

Xorijdagi yaqinlaringizga pul jo‘natishning yangi imkoni haqida xabar bering va sanoqli soniyalarda o‘tkazmalarni qabul qilib olishingiz mumkin.

Hamkorbank bilan Rossiyadan pul o‘tkazmalari endi yanada tez va qulay!

Hamkorbank Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: