“Hamkorbank” ATB yangi namunadagi tezkor UZCARD bank kartalarini chiqarish xizmatini ishga tushirdi

O‘zbekiston 16:55 / 30.11.2022 7717

Mijozlar ishtirokida kartalarni chiqarish – bu nafaqat noyob imkoniyat va texnologiya rivojida oldinga qadam, balki shu yerda va hozir mijozlar muammolarini hal qilish imkoniyatidir. UZCARD fintex-industriyasining eng yirik ishtirokchisi sifatida bank xizmatlarini ko‘rsatishda ko‘plab jarayonlarni avtomatlashtirishga faol hissa qo‘shmoqda. Shunday qilib, UZCARDʼning yangi yechimi banklarga tezkor emissiya to‘lov kartalarini bevosita o‘z filiallarida chiqarish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishning tubdan yangi darajasiga chiqish imkonini berdi.

Endilikda “Hamkorbank”ning O‘zbekiston bo‘ylab 49 ta filialida yangi namunadagi kartalarni bir lahzada chiqarish xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Bunday kartalarni shaxsiylashtirish jarayoni mijoz bank bilan bog‘langan paytdan boshlab, karta chiqarilgan va faollashtirilgan paytgacha taxminan besh daqiqa davom etadi.

Yangi namunadagi UZCARD kartalari – bu NFC-li embossirlangan kartalar bo‘lib, ular orqali ham kontakt, ham kontaksiz usullarda to‘lash, bankomat xizmatlaridan foydalanish va jamoat transportida to‘lovni bir teginish orqali amalga oshirish mumkin.

Agar har xil turdagi kartalar bilan solishtiradigan bo‘lsak, shuni ta’kidlash mumkinki, embossirlangan bank kartalari yanada mukammal hisoblanadi. Ularga bo‘rttirma qilingan belgilarni soxtalashtirish deyarli mumkin emas.

Ushbu kartalarning bir qator boshqa afzalliklarini ham ta’kidlash lozim:

  • Embossirlangan kartalar vaqt o‘tishi bilan eskirmaydi, bo‘rttirma ma’lumotlarning o‘qilishi saqlanib qoladi.
  • Avvaldan embossirlangan kartalar – premium namuna bo‘lib, o‘z vaqtida maqomga ega bo‘lgan oltin va platinali to‘lov kartalari uchun mo‘ljallangan edi. Va bugungi kunda bunday plastik banklarning o‘ziga xos belgisiga aylanmoqda.
  • Barmoqlaringiz bilan karta ma’lumotlarini o‘qish imkoniyati muhim jihatlardan biridir. Bank kartalari egalari nafaqat sog‘lom mijozlar, balki imkoniyati cheklangan shaxslar hamdir. Bu ko‘zi ojiz mijozlar uchun qo‘shimcha ijtimoiylashish va ularga g‘amxo‘rlik qilish imkoniyatidir.

Xizmatdan foydalanish uchun mijoz bank filiallaridan biriga kelishi kerak. Rasmiylashtirish uchun faqat pasport kerak.

Ushbu xizmatga “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ, “Xalq banki” AT, “Agrobank” ATB, “ASIA ALLIANCE BANK” ATB, “Asakabank” AT, “DAVR BANK” XATB, “Garant Bank” AJ qo‘shilgan.

2023 yil davomida UZCARD respublikaning barcha bank filiallarini ushbu xizmatga ulashni rejalashtirmoqda, bu esa mamlakatning istalgan joyida embossirlangan UZCARD kartalarini olish imkoniyati va qulayligini ta’minlaydi.

Sayt: uzcard.uz

Instagram: @uzcard.uz

Feysbuk: fb.com/UZCARD

Telegram: @uzcard_eopc

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: