AQSh bojxonasi OnePlus quloqchinlarini soxta AirPods deb hisobladi

Fan-texnika 17:23 / 14.09.2020 3044

Amerika bojxona xizmati soxta AirPods quloqchinlari to‘xtatib qolingani haqida xabar qilgach, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va jurnalistlar ularning OnePlus quloqchinlari ekanligiga e'tibor qaratishdi.

«Bu Apple emas» degan yozuv ostidagi xabar AQSh bojxona va chegara nazorati (CBP) xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilingandi. Bojxonachilar musodara qilingan mahsulotlar Jon Kennedi nomidagi aeroportda musodara qilinganini ma'lum qilib, ularning fotosuratlarini namoyish etgandi.

Ma'lumot berilishicha, 2000 dona quloqchindan iborat yuk Hongkongdan Nevadaga jo‘natilgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va jurnalistlar suratlardagi aksessuarlar soxta quloqchinlar emas, balki haqiqiy OnePlus Buds quloqchinlari ekanligiga e'tibor qaratishdi.

Bojxonachilar xabariga OnePlus rasmiy akkaunti ham izoh berib, quloqchinlarni musodara qilmaslikni so‘radi.

 OnePlus Buds simsiz quloqchinlari iyul oxirida taqdim etilgandi. Ularning narxi 79 dollarni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: